Vazirlik maktabgacha taʼlim tashkilotiga qabul qilish mexanizmida yuzaga kelgan nosozliklar uchun uzr soʻradi

10:15 06 Avgust 2019 Jamiyat
195 0

Quyida Maktabgacha taʼlim vazirligining shu vaziyat boʻyicha ota-onalarga qilgani murojaati bilan tanishishingiz mumkin:

“Hurmatli ota-onalar!

Oʻzbekiston Maktabgacha taʼlim vazirligi bolalarni davlat maktabgacha taʼlim tashkilotilariga qabul qilish mexanizmida yuz bergan nosozlik uchun uzr soʻraydi.

Ayni paytda ushbu nosozlikni bartaraf etish bilan Maktabgacha taʼlim vaziri Agrippina Shin boshchiligidagi ishchi guruhi shugʻullanmoqda. Mazkur ishlar UZINFOCOM hamda Davlat xizmatlari markazlari bilan hamkorlikda amalga oshirilmoqda.

2019-yilnig 30-iyul kuni biz tizimni sinov tarzida ishga tushirdik va u keng qamrovli qayta ishlash harakatlarini amalga oshirish kerakligini koʻrsatdi. Ruxsatingiz bilan bu holat qanday yuz bergani va muammo sabablarini bartaraf etish borasida olib boriladigan ishlar boʻyicha sizlarga maʼlumot bersak:

Birinchi muammo. Ota-onalar tomonidan notoʻgʻri toʻldirilgan arizalar.

Notoʻgʻri toʻldirilgan arizalar sababli maʼlumotlar bazasi oʻzining ishonchliligini yoʻqotdi. 1,5 mln.ta arizadan qariyb 100 mingtasi qoʻpol xatoliklar bilan toʻldirilgan.

Masalan:

Ota-ona elektron arizani yuborishni toʻlovlarni qabul qilish punkti yoki Internet-kafe xodimlaridan iltimos qildi. Jarayonni tezlashtirish maqsadida xodim tugʻilganlik haqida guvohnoma raqamlari oʻrniga shunchaki nollarni (0), probel (joy qoldirish) yoki ixtiyoriy raqamlarni kiritdi. Shunday qilib, EMIS tizimida har xil ismli lekin tugʻilganlik haqidagi guvohnoma raqamlari bir xil boʻlgan (nollar (0), probel (joy qoldirish) yoki ixtiyoriy raqamlar) bolalar paydo boʻldi va oqibatda bolalarning biri yoʻnalish olayotgan paytida tizim ishdan chiqdi.

MTVning harakati:

Notoʻgʻri maʼlumotlar bilan navbatga qoʻyilgan bolalar oʻz joyini yoʻqotmasligi uchun biz 2018-yilning 1 – aprelidan boshlab kelib tushgan barcha arizalarni qayta yuklayapmiz va xatolar taxrir qilinmoqda. Yangi algoritmlar, tugʻilganlik haqida guvohnomaning noyob raqamlarini kiritishni talab qiladi va ularga asosan avtomatik tarzda bolaning ismi va boshqa maʼlumotlarni toʻldiradi.

Ikkinchi muammo. Toʻliq maʼlumotlar bazasini yuklash sunʼiy ravishda navbatni uzaytirib yubordi.

Hozirgi paytda eski, qondirilgan arizalar mavjudligi navbatni sunʼiy ravishda uzaytirib yuborayapti. Mazkur muammo vaqtinchalik xarakterga ega.

Masalan:

Siz navbatda 10-oʻrinda edingiz lekin tizim 16-oʻrinni koʻrsatayapti. Aslida sizning navbatingizdan oldin payda boʻlib qolgan 5 ta ariza oʻz dolzarbligini yoʻqotib boʻlgan, yaʼni ular asosida yoʻllanmalar olib boʻlingan va bolalar allaqachon MTTga qatnayapti.

MTVning harakati:

Maktabgacha taʼlim mutaxassislari jadvalga asosan MTTlarni aylanib, navbatdan yoʻllanmalar berib boʻlingan arizalarni oʻchiradi. Shu yoʻl bilan siz yoʻllanmani oʻz vaqtida olasiz.

Uchinchi muammo. Maʼlumotlar bazasida eski arizlarning mavjud emasligi.

Masalan:

2016-yilda ota-ona ariza topshirdi va uni qogʻoz shaklida Tuman xalq taʼlimi reyestrida roʻyhatdan oʻtkazdi. Qogʻoz shaklidagi arizalarda kerakli maʼlumotning yoʻqligi (misol uchun, guvohnoma raqami) sabab, ushbu arizalarni EMIS tizimiga avtomatik tazda kiritishning imkoni yoʻq.

MTVning harakati:

Vazirlik mutaxassislari qogʻoz shaklidagi reyestrlar boʻyicha koʻrib chiqilmagan arizalardan tashkil topgan maʼlumotlar bazasini yaratadilar va ushbu arizalar boʻyicha bolalarni maktabgacha taʼlim tashkilotiga oʻz vaqtida qabul qilinishlari uchun yangi algoritmni ishlab chiqadilar.

Ammo oʻrnatilgan tartib, qogʻozli reyestrni hisobga olmagan holda elektron navbat tartibini oʻzgartirishni taʼqiqlaganligi uchun, bu ish qonunchilikka oʻzgartirish kiritilishi kerakligini talab qiladi. Ishchi guruhi qisqa muddatlarda qonunchilikka kiritilishi lozim boʻlgan qoʻshimchalarni ishlab chiqadi va Vazirlar Mahkamasiga tasdiqlash uchun kiritadi.

Toʻrtinchi muammo. Imtiyozli toifadagi fuqarolar boʻyicha maʼlumotlar bazasining mavjud emasligi.

Masalan:

Maktabgacha taʼlim tashkilotida tezroq joy olish uchun siz arizani imtiyozli navbatga topshirdingiz, lekin tekshirishlar siz bunday imtiyozga ega emasligingizni koʻrsatdi.

MTVning harakati:

Sizning arizangiz imtiyozli navbatdan asosiysiga yoʻnaltirilayapti. Bunday holatda navbatdagi oʻrningiz ariza toʻldirilgan vaqtga asosan belgilanadi. Agar siz arizani 5-may kuni toʻldirgan boʻlsangiz, ushbu ariza navbatda 4-may kuni toʻldirilgan arizalardan keyin, lekin 6-may kuni toʻldirilgan arizalardan oldin shakllantiriladi.

Shuningdek, ota-onalarning murojaatlariga koʻra imtiyozli toifalar qayta koʻrib chiqiladi, qonunchilikka kiritilishi kerak boʻlgan oʻzgartirishlar Vazirlar Mahkamasiga tasdiqlash uchun taqdim etiladi.

Hurmatli ota-onalar, Maktabgacha taʼlim vazirligi yuzaga kelgan holatni bartaraf etish ustida ishlamoqda. Biz sizdan arizangiz holatini Davlat xizmatlari markazi yoki @MtmNavbatBot telegram boti orqali muntazam tekshirib turishingizni soʻraymiz.

Biz yoʻllanmalarni avtomatik tarzda berilishini yoʻlga qoʻydik va notoʻgʻri toʻldirilgan arizalar tozalanganidan soʻng navbatda 1-oʻrinda turgan arizalar yopilishni boshlaydi. 15-kunlik muddat tugaganidan soʻng, ishlatilmagan yoʻllanmalar bekor qilinadi va uning joyi keyingi oʻrinda turgan arizaga beriladi”.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?