Vazirlik bitta varaqda 113 xato qilgan xodimlariga imlo lug‘ati sovg‘a qildi va ulardan diktant oldi

Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi ommaviy axborot vositalarida tarqalgan soha xodimining bir varaqlik qarorda 113 ta imloviy xato qilgani haqida maqolaga munosabat bildirdi.
“...Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi quyidagilarni ma’lum qiladi:
1. Davlat mehnat huquq inspeksiyasi inspektorlari S.Quvvatov (Toshkent) va N.Norboyevga (Samarqand) “O‘zbek tilining kirill va lotin alifbolaridagi imlo lug‘ati” sovg‘a qilindi (2 dona).
2. Nomlari keltirilgan inspeksiya xodimlaridan “Qarorlar tuzish va xizmat hujjatlarini rasmiylashtirish” mavzusida nazorat diktanti olindi.
3. Inspeksiya xodimlariga bir oy muhlat berilib, muddat yakuniga ko‘ra ulardan o‘z ustida ishlaganligi, to‘g‘ri yozish va grammatikaga oid bilim darajalari oshganligini tekshirish uchun qayta nazorat diktanti olinadi”, deyiladi vazirlikning Facebook‘dagi sahifasida.
Ko‘p o‘qilganlar
- Uzoq tanaffusdan soʻng Ismoil Joʻrabekovdan eksklyuziv intervyu
- Oʻzbekistonlik mashhur bokschi qonidan doping topilgan
- Ixtiyor Abdullayev DXX rahbarligidan ketdi, oʻrniga Abdusalom Azizov tayinlandi
- GM Uzbekistan nomi oʻzgaradi
- Oʻzbekistonda Captiva oʻrniga ikki turdagi yangi avtomobillar ishlab chiqariladi
- Samarqandlik tadbirkor ot federatsiyasiga rahbar etib tayinlandi
Muhokama qilingan
- RAVON ketma-ket uchinchi oy ham Rossiya bozorida birorta avtomobil sota olmadi
- Davlat soliq qo‘mitasi ishga taklif etadi
- Oʻzbekiston va Misr hamkorligiga oid 12ta hujjat imzolandi
- Osiyo oʻyinlari qahramonlari tantanali ravishda kutib olindi (fotojamlanma)
- Test sinovlari: imtihondagi g‘aroyib qalloblik fosh bo‘ldi
Afisha
Yodingizda boʻlsa, Prezidentimiz joriy yil 11 yanvar kuni xalq deputatlari Samarqand viloyati Kengashining navbatdan tashqari sessiyasida tuman va shahar faollari murojaatlarini tinglar ekan, ular koʻtargan muammoli masalalarni qisqa muddatda hal etish yuzasidan mutasaddilarga tegishli topshiriq va koʻrsatmalar bergan edi.
05 Fevral 2019
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring: