Vazirlar Mahkamasida uchta departament tugatilib, uchta yangisi tashkil qilindi

07:59 09 Iyul 2018 Jamiyat
350 1
Arxiv foto

“O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi apparati tuzilmasini takomillashtirish va faoliyati samaradorligini oshirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Prezident qarori imzolandi. Bu haqda “Huquqiy axborot” kanali xabar bermoqda.

Qarorga muvofiq:

Vazirlar Mahkamasining apparatining asosiy yo‘nalish va vazifalari belgilandi;

Vazirlar Mahkamasi apparati tuzilmasidagi Axborot tizimlari va telekommunikatsiyalarni rivojlantirish masalalari axborot-tahlil departamenti, Investitsiyalar, innovatsion rivojlantirish erkin iqtisodiy va kichik sanoat zonalari faoliyatini muvofiqlashtirish, turizm masalalari axborot-tahlil departamenti va Ta’lim, sog‘liqni saqlash, jismoniy tarbiya va sport masalalari axborot-tahlil departamenti tugatildi;

Vazirlar Mahkamasi apparati tuzilmasida Harbiylashtirilgan tuzilmalar faoliyatini moliyaviy va moddiy-texnik jihatdan ta’minlash masalalari bo‘limi tashkil qilindi va Bosh vazir apparatining, Kommunal soha, ekologiya, atrof muhitni muhofaza qilish, transport, kapital qurilish va qurilish industriyasi masalalari axborot-tahlil departamentining tegishli shtat birliklari ushbu bo‘lim tuzilmasiga o‘tkazildi;

Elektron hukumat telekommunnkatsiya infratuzilmasini rivojlantirish va axborot xavfsizligini ta’minlash masalalari axborot-tahlil departamenti, Investitsiyalar, innovatsion rivojlantirish, erkin iqtisodiy va kichik sanoat zonalari faoliyatini muvofiqlashtirish masalalari axborot-tahlil departamenti hamda Ta’lim, sog‘liqni saqlash, jismoniy tarbiya, sport va turizm masalalari axborot-tahlil departamenti tashkil qilindi;

Vazirlar Mahkamasi apparati tuzilmasini optimallashtirish maqsadida boshqaruv xodimlari soni 44 nafarga qisqartiriladi;

Vazirlar Mahkamasi apparatining ma’lum ilmiy darajalarga ega xodimlariga lavozim maoshining 30-35 foizi miqdorida oylik ustama to‘lanadi;

ikki oy muddat ichida Vazirlar Mahkamasi apparati tarkibiy bo‘linmalarining rahbar va mutaxassislari egallab turgan lavozimiga munosib ekanini baholash maqsadida attestatsiyadan o‘tkaziladi.


Izohlar


Nodir Temirov

tohir.yunusov@mail.ru:

Ha nima bulsa ham xalq manfaat va davlat rivojlanish poydevori mustahkamlansa maqsada muvofiq bulardi. Ishga olisharmikin mani yordamim kerak buladi men buni aniq bilaman...

13:1509.07.2018