Vazirlar Mahkamasida tayinlov amalga oshirildi

22:11 21 Sentyabr 2020 Siyosat
493 0

Hukumatning tegishli qarori bilan, Abdumalik Abduqodirovich Allamuradov Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining Tadbirkorlar murojaatlarini koʻrib chiqish qabulxonalari faoliyatini tashkil etish va muvofiqlashtirish kotibiyatining mudiri etib tayinlandi.

U bunga qadar Surxondaryo viloyatidagi Tadbirkorlar qabulxonasi mudiri vazifasini bajaruvchi lavozimida ishlab kelgan.

Eslatib oʻtamiz, Vazirlar Mahkamasidagi kotibiyatning avvalgi mudiri Gʻolibsher Ziyayev Axborotlashtirish va telekommunikatsiyalar sohasida nazorat boʻyicha davlat inspeksiyasining boshligʻi etib tayinlandi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?