Vazirlar Mahkamasi qarorining ijrosi nega bajarilmadi?

Foto: Hasan Paydoyev/“Xalq soʻzi”
Milliy madaniyatni rivojlantirish boʻyicha barcha choralar koʻrilmoqda. Lekin ushbu soha taraqqiyotiga toʻsqinlik qilayotgan bir qator tizimli kamchiliklar saqlanib qolayotgani bor gap.
Muammolar quyidagilardan iborat edi:
- madaniyat sohasidagi munosabatlarni tartibga solishga qaratilgan yagona huquqiy baza yaratilmagan.
- yosh ijodkorlarga taʼlim-tarbiya berish, yuqori malakali kadrlar tayyorlash va ularning malakasini oshirish borasida puxta tizim yoʻq.
- aksariyat madaniyat va sanʼat muassasalarining moddiy-texnika bazasi nochor ahvolda.
Bosh prokuratura huzuridagi Axborot-tahlil multimedia markazi materiallariga koʻra, Vazirlar Mahkamasining tegishli qaroriga asosan 2013 — 2018 yillar davomida taʼmirlanishi belgilangan 894 ta madaniyat markazlaridan faqat 252 tasi yoki 28 foizi foydalanishga topshirilgan, xolos. 62 tasida taʼmirlash ishlari yakunlanmagan, 562 tasida yoxud 65 foizida qurilish-taʼmirlash ishlari umuman olib borilmagan.
Davlatimiz rahbarining “Oʻzbekiston Respublikasida milliy madaniyatni yanada rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi qarorida ana shunday ogʻriqli muammolarga yechim bor.
Hujjat bilan 2019 — 2022 yillarda yangi quriladigan, rekonstruksiya qilinadigan, kapital taʼmirlanadigan va jihozlanadigan madaniyat markazlarining manzilli roʻyxati tasdiqlandi. Unga asosan, mavjud 147 ta markazning 26 tasiga yangi bino quriladi, 45 tasi rekonstruksiya qilinadi hamda 76 tasi kapital taʼmirlanadi. Bu ishlar uchun Davlat byudjetidan salkam 636 mlrd. soʻm mablagʻ ajratiladigan boʻldi.
Ko‘p o‘qilganlar
- Ixtiyor Abdullayev DXX rahbarligidan ketdi, oʻrniga Abdusalom Azizov tayinlandi
- Samarqandlik tadbirkor ot federatsiyasiga rahbar etib tayinlandi
- Arxeologlar diqqatiga: Rishton tumanidan dinozavr qoldiqlari topildi.
- Yot andozalar, mavhum gʻoyalar, qurama tillar poytaxtimizning qiyofasi buzilayotganiga qachongacha jim qarab turamiz?
- Ixtiyor Abdullayev soʻnggi bir yilda ikki ogʻir operatsiyani boshdan kechirgan
- Toshkent shahrida 2005 — 2011 yillarda hokimlik qilgan Abduqahhor Toʻxtayev 2005 yili “Vuzgorodok”da nima boʻlganini aytib berdi
Muhokama qilingan
- RAVON ketma-ket uchinchi oy ham Rossiya bozorida birorta avtomobil sota olmadi
- Davlat soliq qo‘mitasi ishga taklif etadi
- Oʻzbekiston va Misr hamkorligiga oid 12ta hujjat imzolandi
- Osiyo oʻyinlari qahramonlari tantanali ravishda kutib olindi (fotojamlanma)
- Test sinovlari: imtihondagi g‘aroyib qalloblik fosh bo‘ldi
Afisha
Yodingizda boʻlsa, Prezidentimiz joriy yil 11 yanvar kuni xalq deputatlari Samarqand viloyati Kengashining navbatdan tashqari sessiyasida tuman va shahar faollari murojaatlarini tinglar ekan, ular koʻtargan muammoli masalalarni qisqa muddatda hal etish yuzasidan mutasaddilarga tegishli topshiriq va koʻrsatmalar bergan edi.
05 Fevral 2019
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring: