Vazirlar Mahkamasi apparatining tarkibiy boʻlinmalari tuzilmasi tasdiqlandi

10:03 05 Fevral 2019 Siyosat
499 0

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi apparatining tarkibiy boʻlinmalari tuzilmasini tasdiqlash toʻgʻrisidagi hukumat qarori qabul qilindi. Bu haqda “Huquqiy axborot“ kanali xabar berdi.

Qaror bilan quyidagi tuzilmalar tasdiqlandi:

  • Bosh vazirning kotibiyati, protokol xizmati va matbuot xizmati;
  • Hukumatning Oliy Majlisdagi vakolatli vakili kotibiyati;
  • Xalqaro hamkorlik boʻlimi;
  • Harbiylashtirilgan tuzilmalar faoliyatini moliyaviy va moddiy-texnik taʼminlash boʻlimi;
  • Telekommunikatsiyalar, IT-texnologiyalar va innovatsion faoliyatni rivojlantirish, axborot xavfsizligini taʼminlash masalalari kotibiyati;
  • Yoshlar siyosati, madaniyat, maʼnaviyat, ommaviy axborot vositalari, ijodiy va jamoat tashkilotlari masalalari kotibiyati;
  • Bosh vazir oʻrinbosarlari va maslahatchilari kotibiyatlari;
  • Hukumat apparati boshqaruvchisi, uning oʻrinbosarlari, kotibiyatlari va hukumatning funksional boʻlinmalari.

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?