Vazir Sherzod Kudbiyev: “Hashar va majburiy mehnat oʻrtasidagi farqni aniq tushunib olish joiz”

Arxiv foto
Oʻzbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vaziri Sherzod Kudbiyev hashar va majburiy mehnat oʻrtasidagi farqni tushuntirib berdi:
“Hashar xalqimizning qadimiy urf-odatlaridan hisoblanadi. Qoʻni-qoʻshni, qarindoshlar yoki bir mahalla ahlining uy qurish, bogʻ barpo etish yoki koʻcha-koʻyni tartibga solish uchun birlashish amaliyoti xalqimiz madaniyatining bir qismi sanaladi. Hashar – har doim bayram, oʻzaro koʻmaklashish, qiyinchiliklar qarshisida jipslashish va birgalikda ularni yengib oʻtishidir.
Lekin, masalan, erta tongdan shifoxona yoki maktab xodimlarini ularning roziligini soʻramasdan avtobusga solib, avtoyoʻllar boʻyidagi hududlarni supurishga olib ketish – bu hashar emas, balki majburiy mehnatdir. Undan ham yomoni bu kabi “hasharlar”da qatnanishdan bosh tortgani uchun xodimlarga nisbatan ishdan boʻshatish darajasigacha intizomiy choralar koʻrilishidir.
Hashar va majburiy mehnat oʻrtasidagi farqni aniq tushunib olish joiz. Hashar – oʻzaro ixtiyoriy koʻmaklashish va bayramdir. Majburiy mehnat – biror jazo qoʻllash tahdidi ostida ish bajarishdir”.
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi toʻgʻrisida
- Mushtariylar uchun ajoyib yangilik!
- 2020-yil uchun Oʻzbekiston Respublikasining Davlat byudjeti toʻgʻrisida
- Kasaba uyushmalari toʻgʻrisida
- Shavkat Mirziyoyev sovet davrida isyonchilarga “keskin zarba berganlardan” biri boʻlgan
- Rasmiy bayonot: Gulnora Karimovaga yangi ayblov qoʻyildi
Muhokama qilingan
- Moliya vaziri: “Oldin AQSH dollarini 4000 soʻmdan ham ololmaganmiz, Oloy bozoridagi qora bozordan 8000-8500 ming soʻmdan olganmiz”
- Qoʻyliq bozoridagi yongʻin boʻyicha rasmiy maʼlumot berildi
- Oʻzbekiston va Rossiya Prezidentlari telefon orqali muloqot qildi
- Fargʻonadagi mahallada fuqarolar qurt bosgan suv isteʼmol qilmoqda
- 2 nafar IIV xodimi 500 dollar pora bilan qoʻlga tushdi
Afisha
Yuqoridagi suratda buning uchun nima qilish lozimligini tomosha qilishingiz mumkin.
09 Dekabr 2019
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring: