O‘zbekiston innovatsion rivojlanish vaziriga yangi o‘rinbosar tayinlandi

20:52 11 Iyul 2018 Siyosat
600 0
Foto: O‘zbekistonning GFRdagi elchixonasi

O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev farmoni bilan Germaniya fuqarosi Karsten Xayns O‘zbekiston innovatsion rivojlanish vaziri o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi. Bu haqda O‘zbekistonning Germaniyadagi elchixonasiga tayanib “Gazeta.uz“ga xabar tarqatmoqda.

O‘zbekistonda zamonaviy innovatsion infratuzilmalarni shakllantirishda Germaniyaning boy tajribasini joriy etish maqsadida respublikaning GFRdagi elchixonasi tashabbusi bilan Ta’lim va ilmiy tadqiqotlar federal vazirligi bilan qator muzokaralar olib borildi va ular yakunlari bo‘yicha nemis tomoni Innovatsiya vazirligi bilan ishlash uchun ekspert yuborishga rozilik bildirdi.

Vazir o‘rinbosari lavozimiga bevosita ushbu vazirlikda faoliyat olib boruvchi tajribali mutaxassis tavsiya qilindi. Karsten Xayns Toshkentda bo‘lib, O‘zbekistonning vakolatli vazirliklarida uchrashuvlar o‘tkazgan.

Germaniya hukumati uchun davlat xizmatchisining boshqa mamlakat hukumatida yuqori lavozimga tayinlanishi birinchi shu kabi holat bo‘ldi. mazkur qaror O‘zbekistondagi islohotlar jarayonini qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan, deyiladi xabarda.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?