“Vatanparvarlik aksiyasi” boʻlib oʻtdi. Unda 2000dan ortiq harbiy xizmatchi ishtirok etdi

15:15 05 Yanvar 2020 Jamiyat
264 0

Bugun, 5-yanvar kuni Mudofaa vazirligi tomonidan 5 kilometrdan ortiqroq masofaga yugurish boʻyicha “Vatanparvarlik aksiyasi” kichik marafoni oʻtkazildi. Bu haqda vazirlik Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar departamenti xabar berdi.

Unda vazirlik harbiy xizmatchilari, Qurolli Kuchlar xizmatchilari hamda Mirzo Ulugʻbek tumani oʻquvchi yoshlari, shuningdek, faxriylardan iborat 2 mingdan ortiq fuqaro ishtirok etdi.

Kichik marafon davomida uch avlod, yaʼni faxriy harbiylar, ofitser boʻlish orzusida harbiy taʼlim muassasalarida saboq olayotgan kursantlar yugurish finish chizigʻiga qadar yugurdilar.

Marafon soʻngida turli yosh nominatsiyasi boʻyicha gʻolib boʻlgan ishtirokchilarga mudofaa vazirining tarbiyaviy va mafkuraviy ishlar boʻyicha oʻrinbosari polkovnik Xamdam Karshiyev diplom va esdalik sovgʻalarini topshirdi.

1-oʻrin – Toshkent harbiy okrugidan kichik serjant Vladislav Mamedov (15 daqiqayu 31 soniya);

2-oʻrin – Qurolli Kuchlar akademiyasi kursanti Nuriddin Rahmatov (16 daqiqayu 28 soniya);

3-oʻrin – Toshkent harbiy okrugidan leytenant Temur Ummatov (17 daqiqayu 9 soniya).


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?