“Vatanparvarlar bogʻi” mamlakatimizning boshqa hududlarida ham bunyod etiladi

19:39 11 Yanvar 2019 Jamiyat
132 0

Mudofaa vaziri, general-mayor Abdusalom Azizov “Xalq soʻzi-onlayn” nashri muxbiriga “Vatanparvarlar bogʻi” respublikamizning boshqa hududlarida ham bunyod etilishini maʼlum qildi.

Uning soʻzlariga koʻra, bunday bogʻlar yoshlarda tariximiz va madaniyatimizdan gʻururlanish tuygʻusini kuchaytirish, Vatan ravnaqi yoʻlida fidokorona kurashgan milliy qahramonlarimiz nomini abadiylashtirish, armiyamiz qudrati va salohiyatiga ishonchni mustahkamlashga xizmat qiladi.

Eslatib oʻtamiz, Oʻzbekistondagi birinchi “Vatanparvarlar bogʻi” ayni paytda Qarshi shahrida bunyod etilyapti.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?


Ko‘p o‘qilganlar

Afisha

Matyoqub Matchonov: “Oltindek qimmatli, Humo qushi singari sarbaland...”

Xoʻsh, bu qanday anjuman oʻzi? Uni oʻtkazishdan koʻzlangan maqsad nima? Kelgusida mazkur kinotaqdimot kino olami va olam kinosi ichra oʻz oʻrnini topib keta oladimi yoki salaflari kabi yoʻqlikka yuz tutadimi (zakiy oʻquvchi nima demoqchi ekanimizni tushunganiga shubha yoʻq, albatta)?

23 Yanvar 2019