Vatan himoyachilari kuni boʻyicha tadbirlar

18:15 14 Yanvar 2020 Jamiyat
296 0

Harbiy paradda 40 ming kishi ishtirok etdi

Andijon viloyatida 14-yanvar — Vatan himoyachilari kuniga bagʻishlangan tadbirlar boʻlib oʻtdi. Dastlab viloyatfaollaridan tarkib topgan ishtirokchilar viloyat markazidagi “Motamsaro ona” haykali poyiga gullar qoʻydilar. Harbiy paradda har bir korxona va tashkilot vakillari faol ishtirok etdilar.

— Zimmamizdagi vazifani sidqidillik bilan ado etish orqali Vatan himoyasiga munosib hissa qoʻshmoqdamiz, — deydi viloyat “Suvoqava” DUK direktorining oʻrinbosari Bekzodbek Umarov. — Bugungi tadbirda Vatan himoyachilariga boʻlgan iftixorimiz ramzi sifatida egnimizga harbiy kiyim kiygan holda paradda ishtirok etdik.

Shaharning Amir Temur, Alisher Navoiy va Z. M. Bobur shox koʻchalarida tashkil etilgan sahnada harbiylarning jangovar chiqishlari namoyish etildi.

Viloyat hokimi Sh. Abdurahmonov barchani bayram bilan qutlar ekan, viloyatda harbiylarga yaratilgan sharoitlar va kelgusi rejalar haqida gapirib berdi.

14 Yanvr — Vatan himoyachilari kuniga bagʻishlangan harbiy parad tadbirida jami 40 ming kishi ishtirok etdi.

Saminjon HUSANOV,

“Xalq soʻzi”

Vatan himoyachilari kuni Buxoroda ham oʻzgacha ruhda qarshi olindi.Erta tongdan viloyat markazidagiXotira xiyoboni turli tashkilotlar, huquqni muhofaza qiluvchi idoralar vakillari, harbiy qismlar askar va zobitlari, faollar bilan gavjumlashdi.Harbiy orkestr sadolari ostidaMotamsaro Ona poyiga gullar qoʻyildi.

Shundan soʻng asosiy tadbirlar Yoshlar markaziga koʻchdi.Anjuman avvalida viloyat hokimi Oʻ. Barnoyev Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti, Qurolli Kuchlar Oliy Bosh Qoʻmondonining bayram tabrigini oʻqib eshittirdi.

Bayram tadbirida harbiy – maʼmuriy sektorlar zimmasigaquyilgan vazifalar va shular asosida tayyorlangan “Yoʻl xaritalari” doirasida amalga oshirilayotgan ishlar toʻgʻrisida soʻzlab berildi.

Maʼlum boʻlishicha, birgina 2019-yilda Mudofaa vazirligi tizimiga kiruvchi harbiy qismlar va muassasalar infratuzilmasini yaxshilash ishlariga 6,1 milliard soʻmdan ziyod mablagʻ sarflangan.Respublika IIV tasarrufidagi harbiy qismni rekonstruksiya qilishga 700 million soʻm xarajat qilingan.Harbiy xizmatchilar hamda huquqni muhofaza qilish idoralari xodimlarini uy – joy bilan taʼminlash doimiy eʼtiborda.

— Bayram arafasida shaharning koʻrkam maskanlaridan birida barpo etilgan turarjoydan bizga ikki xonali uy ajratildi, — deydiharbiy xizmatchilardan birining turmush oʻrtogʻi Laylo Allaberganova. — Uzoq muddatli ipoteka kreditlari asosida berilgan bu uylar yashash uchun qulay.Vatan himoyachilari kuni biz uchun qoʻshaloq bayramga aylandi.Bu kabi eʼtibor va gʻamxoʻrliklar yoshlarda harbiy xizmatga boʻlgan qiziqish va ishtiyoqni oshirmoqda.

Darhaqiqat shunday.Mamlakat oliy harbiy taʼlim muassasalarida oʻqish, Vatan himoyachisi boʻlmoqdek ezgu niyatni diliga tukkan buxorolik yoshlar soni koʻpaymoqda. 2919-yilda 669 nafar yigit shunday baxtga muyassar boʻldi.Bu 2018-yildagiga nisbatan deyarli ikki baravar koʻpdir.

Tadbirda Prezidentimiz Farmoniga muvofiq taqdirlangan bir guruh soha fidoyilariga orden va medallar topshirildi. Xizmat burchini aʼlo darajada oʻtayotganlarning bir guruhiga qimmatbaho sovgʻalar berildi.

Teatrlashtirilgan sahna koʻrinishlari va konsert dasturi toʻplanganlarga bayram kayfiyatini ulashdi.

Istam IBROHIMOV,

“Xalq soʻzi”

Askar onalari sharaflandi

14-yanvar“Vatan himoyachilari kuni” munosabati bilan Jizzax viloyatidagi askarlar, harbiy xizmatchilar va ularning ota-onalari ishtirokida “Vatanparvarlik-milliy yuksalish kafolati!” shiori ostida “Askar onalarini sharaflaymiz!” mavzusida maʼnaviy-maʼrifiy tadbir boʻlib oʻtdi.

Dastlab askarlarning ota-onalari va yaqinlari “Forish” togʻ poligonida boʻlishdi. Harbiy xizmatni oʻtayotgan farzandlarining yashash sharoiti, ularga yaratilayotgan imkoniyatlar, dala-oʻquv jarayonlari bilan yaqindan tanishdilar. Jizzax shahrida joylashgan xotira xiyoboniga tashrif buyurib “Motamsaro ona” haykali poyiga guldastalar qoʻydilar.

Shundan soʻng, Jizzax shahridagi tantanalar majmuasida “Askar onalarni sharaflaymiz!” mavzusida maʼnaviy-maʼrifiy va badiiy kecha tashkil etildi. Unda Jizzax harbiy gornizoni va Milliy gvardiya harbiy xizmatchi ayollari, askarlar va ularning onalari, harbiy xizmat vaqtida halok boʻlgan xizmatchi va askarlarning yaqinlari, ichki ishlar vazirligi Jizzax akademik litseyining iqtidorli oʻquvchilari va “Temurbeklar” maktabining faol oʻquvchilari ishtirok etishdi.

Tadbirda muddatli harbiy xizmatni oʻtayotgan 15 nafar askarlar va ularning onalariga, 10 nafar harbiy xizmatchi ayollarga va 6 nafar xizmat vaqtida halok boʻlgan marhum harbiy xizmatchilarning ayollariga viloyat hokimining tashakkurnomasi va qimmatbaho esdalik sovgʻalari topshirildi.

Shundan soʻng, viloyat sanʼatkorlari, Zulfiya nomidagi davlat mukofati nomzodlari tomonidan tayyorlangan Vatanni va askarlarni madh etuvchi kuy-qoʻshiqlar, sheʼrlar yangradi va raqslar ijro etildi.

Tolibjon ERGASHEV,

“Xalq soʻzi”.

 

Navoiyda Vatan himoyachilari kuni bir guruh harbiylarga yangi uylar topshirildi

Navoiy viloyatida ham Respublikamiz Qurolli kuchlari tashkil etilganligining 28 yilligi munosabati bilan“Vatanparvarlik oyligi” dasturi doirasida viloyatdagi mehnat jamoalari, taʼlim muassasalari, mahallalarda uchrashuvlar oʻtkazilib, mamlakatimiz va xalqimiz tinchlik-osoyishtaligini himoya qilayotgan harbiy xizmatchilarga yuksak ehtirom koʻrsatildi. Chunonchi, harbiy-vatanparvarlik festivali, oʻlkashunoslik muzeylarida koʻrgazmalar, harbiy qismlardagi “ochiq eshiklar”, yoshlartomonidan tashkil etilgan turli intellektual oʻyinlarning Vatanimiz himoyasi yoʻlida jon fido etganlar jasoratiga bagʻishlanganligi ishtirokchilarda katta qiziqish uygʻotdi. Shuningdek, mazkur oylik doirasida marafon oʻtkazilib, bugun oʻz muqaddas burchini oʻtayotgan harbiylar jangovar tayyorgarligini namoyish etdilar.

Aynan bayram kunlariNavoiy shahrining 18-kichik tumanida bunyod etilayotgan 6ta 5 qavatli uydan 2 tasining foydalanishga topshirilishi, Vatan himoyachilari oilalari uchun munosib tuhfa boʻldi.

— Prezidentimiz, Qurolli Kuchlari Oliy Bosh qoʻmondonining biz Vatan himoyalari va oila aʼzolarimiz boʻlgan cheksiz gʻamxoʻrligini doim his qilib turamiz, — deydi yangi xonadonlar sohiblaridan biri A. Qurbonov. — Bunday yuksak eʼtiborga Vatanimiz oldidagi fidokorona xizmatlarimiz bilan javob qaytaramiz.

Bayramning asosiy tantanalari keng jamoatchilik va harbiylarning viloyatdagi “Motamsaro ona” haykali poyiga gulu gulchambarlar qoʻyish bilan boshlandi.

Shundan soʻng “Farhod” Madaniyat saroyida Vatan himoyachilari kuni munosabati bilananjuman oʻtkazilib, unda Prezidentimizning 2020-yil 13-yanvarbdagi Farmoniga asosan mukofotlangan Respublika Favqulodda vaziyatlar vazirligi Navoiy viloyati boshqarmasi qutqaruvchi-yoʻriqchisi Bekzod Elmurodovga “Sodiq xizmatlariuchun” medali tantanali ravishda topshirildi.

— Vatan himoyasi nainki chegaralarimiz, balki maʼnaviysarhadlarimiz himoyasi hamdir, — deydi “Maʼnaviy-maʼrifiy ishlar aʼlochisi” koʻkrak nishoni bilan taqdirlangan Shahlo Narziyeva. – Shu jihatdan ushbu bayram barcha yurtdoshlarimizga birdek muborak.

Anjumandakatta bayram konsert dasturi namoyish etildi. Viloyatda “Vatanparvarlik oyligi” tadbirlari davom etmoqda.

Temur ESHBOYEV,

(“Xalq soʻzi”).

NamangandaVatan himoyailari kuni yuqori shukuhda nishonlandi

Vatan himoyachilari kuni va Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil etilganining 28 yilligi tantanalari Namanganda ham yuqori shukuhda nishonlanmoqda

Xususan, “Vatanparvarlik oyligi” davomida harbiy xizmatchilar va ular oilalarining yashash sharoitini yanada yaxshilash borasida amalga oshirilgan keng koʻlamli ishlar, yoshlar va jamoatchilik vakillariningharbiy xizmatchilar bilan muloqotlari, joylarda tashkil etilgan avlodlar uchrashuvlari xalqimizning Milliy armiyamiz hamda Vatan himoyailariga chinakam ehtiromi boʻldi. Xususan, bayram arafasida Davlat xavfsizlik xizmat Chegara qoʻshinlarining Pop tumanidagi harbiy qismida 48, Mudofaa vazirligiga qarashli harbiy qismda 32 xonadonli turarjoylar oʻz egalariga topshirildi. Gʻurumsaroy poligonida esa 150 oʻrinli zamonaviy yotoqxona va 300 oʻrinli oshxona muddatli va safarbarlik chaqiruvi xizmatini oʻtayotgan askarlarga taqdim qilindi.

14-yanvar kuni bayram tadbirlari viloyat markazidagi tantanalar bilan davom etdi. Erta tongda mahalliy hokimiyat, qurolli kuchlar va jamoatchilik vakillari Namangan shahridagi Xotira maydonidagi “Motamsaro ona” haykali poyiga gullar qoʻydilar. Shundan soʻng xarbiy qismlar tomonidan parad tashkil etildi. Alisher Navoiy nomli musiqali drama teatrida Vatan himoyachilarini sharaflashga bagʻishlangan kecha boʻlib oʻtdi.

Tadbirlarda viloyat hokimi X. Bozorov ishtirok etdi.

Qudratilla NAJMIDDINOV.

“Xalq soʻzi”.

Samarqandda ham Vatan himoyachilari kuni keng nishonlandi

Vatan himoyachilari kuni va Oʻzbekiston Respublikasi qurolli kuchlari tashkil etilganining 28 yillik bayrami Samarqandda ham keng nishonlandi.

Viloyat hokimligi, keng jamoatchilik vakillari, harbiylar Amir Temur maqbarasida boʻlib, Sohibqiron qabrini ziyorat qilishdi. Oʻtganlarning ruhi pokiga Qurʼon tilovat qilindi.

Shundan soʻng barcha Amir Temur haykali poyiga gulchambarlar qoʻyib, uning siymosi oldida hurmat bajo keltirdilar.

Samarqand shahridagi Koʻksaroy maydonida esa harbiy parad, texnikalar, qurol-aslaha va anjomlar koʻrgazmasi tashkil etildi. Shuningdek, harbiylarning koʻchma palatkalari qad rostlab, dala mashgʻulotlari, yashash sharoitidan lavhalar taqdim etildi.

Tadbirda qatnashgan samarqandliklar bevosita harbiylarimiz tomonidan boshqarilayotgan bugungi texnika vositalari bilan tanishish imkoniyatiga ega boʻldilar. Bayram tadbirida ayniqsa, koʻplab yoshlarning ishtirok etgani ularning harbiy sohaga qiziqishi ortayotganidan, demakki, armiya xizmati, harbiy kasb, mard yigitlarimiz hayotining muhim bir boskichiga aylanib borayotganidan dalolatdir.

Viloyat yoshlar markazida esa sana munosabati bilan tantanali bayram tadbiri va konsert dasturi boʻlib oʻtdi. Unga Qurolli kuchlar safida xizmat kilib, Vatan himoyasidek sharafli ishda safdoshlariga oʻrnak boʻlayotgan fidoiy xodimlar, harbiylar, ularning oilalari hamda faxriylar taklif etildi.

Tadbirda viloyat hokimi E. Turdimov Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti, Qurolli Kuchlar oliy bosh qoʻmondoni Shavkat Mirziyoyevning Vatan himoyachilari yoʻllagan bayram tabrigini oʻqib eshittirdi. Shundan soʻng Prezidentimizning Farmoniga koʻra mukofotlangan bir guruh harbiy xizmatchilarga Davlat mukofotlari tantanali ravishda topshirildi.

Shuningdek, bayram munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa Vaziri B.Qurbonovning buyrugʻiga asosan samarqandlik bir guruh harbiy xizmatchilar vazirlikning faxriy yorligʻi, II darajali “Namunali xizmatlari uchun”, III darajali “Namunali xizmatlari uchun” koʻkrak nishonlari, unvonlar hamda viloyat hokimligining faxriy yorliqlari, esdalik sovgʻalari bilan taqdirlandilar.

“Zilol baxt” bazmgohida harbiy xizmatchilar va ularning oila aʼzolari uchun bayram dasturxoni tashkil etilib, bir guruh harbiy xizmatchilarga“Nuroniy” jamgʻarmasi viloyat boʻlimining esdalik sovgʻalari tantanali ravishda topshirildi. Bayram tantanalari sanʼatkorlarning vatanni madx etuvchi, mardlik va jasurlikni ulugʻlovchi konsert dasturi bilan davom etdi.

Yana bir xushxabar. 14-yanvar Vatan himoyachilari kuni va Oʻzbekiston Respublikasi qurolli kuchlari tashkil topganligining 28 yillik bayrami munosabati bilan kunning ikkinchi yarmida Qorasuv massivida bunyod etilgan 4 ta koʻp qavatli uylardagi 120 ta xonadon Mudofaa vazirligi tizimidagi xodimlarga tantanali topshirildi. Demak, xuddi shuncha harbiylar oilasi uchun bugungi kun qoʻshaloq bayram boʻldi. Ular Vatan himoyachilari kunini yangi uylarida nishonlaydigan boʻldilar.

Abdulaziz Yoʻldoshev

(Xalq soʻzi)

 

Sirdaryoda bayram tadbirlari askar onasi ehtirom koʻrsatishlan boshlandi

Gulistonda Vatan himoyachilari kuniga bagʻishlangan tantanali tadbir Xotira maydonidagi “Motamsao ona” haykali poyiga gulchambarlar qoʻyilib, askar volidasiga ehtirom koʻrsatishdan boshlandi. Soʻngra harbiy parad boʻlib oʻtdi

Sirdaryo viloyati musiqali drama teatrida tantanali yigʻilish va bayram konserti boʻlib oʻtdi.

Tadbirda Prezidentimizning 2020-yil 13-yanvarbdagi “Vatan himoyachilari kuni va Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil etilganining 28 yilligi munosabati bilan harbiy xizmatchilar va huquqni muhofaza qilish organlari xodimlaridan bir guruhini mukofotlar toʻgʻrsida”gi Farmoniga asosan “Shuhrat” medali bilan taqdirlangan Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi harbiy qism vzvodi komandirining oʻrinbosari Saidjon Yusupovga ushbu yuksak davlat mukofoti tantanali ravishda topshirildi.

Shuningdek, “Nuroniy” jamgʻarmasi viloyat boʻlimi rahbari Oʻtbosar Abdiyev, respublika “Maʼnaviyat-maʼrifat” markazi Sirdaryo viloyati boʻlimi bosh mutaxassisi Nargiza Xolmurodova “Maʼnaviy-maʼrifiy ishlar aʼlochisi” koʻkrak nishonlariga munosib koʻrildi.

Tantanalar doirasida “Farovon” restoranida bayram dasturxoni yozildi.

Tadbirlarda Sirdaryo viloyati hokimi Gʻofurjon Mirzayev ishtirok etdi.

”. Ahmadali ShERNAZAROV,

(“Xalq soʻzi)

Surxondaryoda Vatan himoyachilari munosib sharaflanmoqda

Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil topganining 28 yilligi hamda 14-yanvar – “Vatan himoyachilari kuni” munosabati bilan Surxondaryo viloyatida ham koʻplab bayram tadbirlari uyushtirildi.

Bugun viloyat hokimligi, huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimlari, harbiy xizmatchilar va keng jamoatchilik vakillari Termiz shahridagi Motamsaro Ona haykaliga hurmat bajo keltirib,Vatanimiz tinchligi, xalqimiz osoyishtaligi yoʻlida jon fido qilgan yurtdoshlarimizyod etildi.Shundan soʻng, Mudofaa, Ichki ishlar vazirliklari, DXX Chegara qoʻshinlari, Milliy gvardiya va boshqa harbiy muassasalar tomonidan jangovar texnikalarning tanatanali yurishi va harbiy marsh oʻtkazilishi bayram ishtirokchilarida zoʻr koʻtarinkilik baxsh etdi. Tadbir armiya va xalq birdamligini oʻzida namoyon etdi.

Termizdagi muhtasham sanʼat saroyida sanaga bagʻishlangan tantanalar davom etdi. Tadbir avvalida Surxondaryo viloyati hokimi T. Bobolov Prezidentimizningharbiy xizmatchilarga yoʻllagan bayram tabrigini oʻqib eshittirdi.

Qayd etilganidek, soʻnggi yillarda Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev rahnamoligida Milliy armiyamizni yanada takomillashtirish boʻyicha keng koʻlamli islohotlar olib borildi. Jumladan, harbiy sohaga oid7 ta Qonun, 50 dan ortiq Farmon, Qaror va Farmoyishlar qabul qilindi. “Mudofaa doktrinasi toʻgʻrisida”gi Qonun tubdan takomillashtirildi va bu borada Parlament nazorati oʻrnatildi.

2017-yilda davlat hokimiyati organida harbiy-maʼmuriy sektorning tashkil etilishi armiya va xalq yakdilligini taʼminlashda muhim qadamlardan biri boʻldi. Mazkur tizim harbiy xizmatchilarning yashash tarzi va ularga yaratib berilgan shart-sharoitlar bilan yaqindan tanishish, bajarilishi zarur boʻlgan birlamchi vaziflarni belgilab olish imkoniyatini yaratib berdi. Surxondaryoda harbiy-maʼmuriy sektor tomonidan oʻtgan 3 yildavomida harbiy qismlar infratuzilmasini yanada takomillashtirish, ularning moddiy-texnika bazalarini boyitish, harbiylar va yoshlarni harbiy vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, harbiy xizmatchilar va ularning oila aʼzolarini hamda harbiy pensionerlarni ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash kabi masalalar boʻyicha “Yoʻl xarita”larida belgilab olinib, aniq chora-tadbirlar amalga oshirildi. Uning ijrosi doirasidaoʻtgan yilda viloyatdagi harbiy qismlarning qurilish-taʼmirlash hamda jihozlash, shuningdek, boshqa xarajatlari uchun viloyat mahalliy byudjetidan 45 milliard16 million348 ming soʻm mablagʻ ajratildi.

Viloyatdagi Mudofaa vazirligi, DXX Chegara qoʻshinlari va Milliy gvardiya tizimidagi harbiy xizmatchilarga, shuningdek, Davlat xavfsizligi xizmati, Ichki ishlar va Favqulodda vaziyatlar tizimidagi xizmatchilarga 392 xonadonli 18 ta uy va 22 ta hovli xonadon topshirildi. Prezidentimiz, Qurolli Kuchlar Oliy Bosh Qoʻmondoni Shavkat Mirziyoyev 2019-yilning 17-18-oktyabr kunlari Surxondaryo viloyatiga tashrifi chogʻida Janubi-gʻarbiy maxsus harbiy okrugiga qarashli Denov tumanidagi harbiy qismda Vatanimiz himoyachilari bilan uchrashib, ularning maʼnaviyatini, jangovar shayligini oshirish hamda hududga xos milliy qadriyatlar bilan yaqindan tanishtirib borish boʻyicha tegishli topshiriqlar bergan edi. Mazkur vazifalar ijrosi doirasida yaqinda viloyatimizda Janubiy operatsion yoʻnalish boshqaruvi guruhi harbiy xizmatchilari oʻrtasida “Amir Temur oʻgʻlonlari” va “Jaloliddin Manguberdi vorislari” nomidagi tanlovi tashkil etildi va tanlovning viloyat bosqichi gʻoliblari hamda ishtirokchilari munosib taqdirlandi. Oʻzini shu yurt farzandi, deb bilgan kishi borki, ona Vatanimizni koʻz qorachigʻiday asrashga astoydil bel bogʻlaydi. Bugun biz harbiy xizmatchilar timsolingizda Amir Temur, Jaloliddin Manguberdi, Toʻmaris singari buyuk ajdodlarimiz siymosini koʻrgandek boʻlamiz.

Bayram tadbirida Vatanimiz tinchligi, osoyishtaligi, sarhadlarimiz daxlsizligini taʼminlashdek sharafli ishga oʻzini chogʻlagan bir guruh harbiylar viloyat hokimligi tomonidan munosib taqdirlandi.

Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil topganining 28 yilligi Surxon vohasida umumxalq bayrami sifatida nishonlanib, harbiy qoʻshin va garnizonlarda, shuningdek, barcha taʼlim muassasalari, jamoat tashkilotlaridamadaniy-maʼrifiy, harbiy-sport tadbirlar tashkil etilayotir.

Ilhom RAHMATOV,

(“Xalq soʻzi”)

TOSHKENT VILOYATIDA BAYRAM SHUKUHI

Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil topganligining 28 yilligi hamda “Vatan himoyachilari kuni” bayrami Toshkent viloyatida keng nishonlandi. Dastlab, Olmaliq shahridagi “Metallurg”, Chirchiqdagi “Kimyogarlar” madaniyat saroylarida boshlangan bayram tadbirlari shukuhi butun viloyat boʻylab yoyildi..

Ushbu bayramni munosib tarzda nishonlash tadorigi viloyatda “Vatan himoyachilari kuni”dan ancha oldin boshlangandi. Joylarda madaniy-maʼrifiy tadbirlar oʻtkazilib, kitobxonlik va savodxonlik bellashuvlari tashkil etildi. Harbiy qismlarning alohida oʻrnak koʻrsatgan xizmatchilari oilalari yangi uy-joylar bilan taʼminlandi. Oʻz xizmat vazifasini bajarish paytida halok boʻlgan 46 nafar vatan himoyachilarining oilalariga gʻamxoʻrlik koʻrsatish maqsadida mehr-muruvvat tadbirlariamlga oshirildi. Joylarda harbiy xizmatchilar bilan mahalla oʻsmirlari va yoshlari oʻrtasida turli xil sport musoboqalari uyushtirildi.

Bularning barchasi zamirida yoshlar qalbida Vatan himoyasi yoʻlidagi mardlik va shijoat namunalarini shakllantirish, birdamlik, joylarda sogʻlom maʼnaviy muhitni barqarorlashtirishdek ezgu maqsadlar mujassam edi.

Ana shunday muqaddas tuygʻular 14-yanvar kuniNurafshon shahrida Vatan himoyachilari kuniga bagʻishlab oʻtkazilgan bayram tadbirlariga uygʻunlashib ketdi. Viloyat markazi erta tongdanoq mehmonlar va mezbonlar bilan gavjum boʻldi. Viloyat va tumanlar hokimliklari, hududdagi barcha korxona va tashkilotlar, davlat muassasalari, huquq-tartibot idoralari, chegara qoʻshinlari va barcha harbiy qismlar qoʻmondonligi nomidan “Motamsaro ona” haykali poyiga gulchambarlar qoʻyildi.

Bayram shukuhi viloyatning barcha tuman va shaharlarini qamrab oldi. Joylardagi tadbirlar kechgacha davom etdi. Bayram dasturxoni atrofida Vatan himoyasidagi mard oʻgʻlonlar, zobitlar, istefodagi faxriylar, ularning oila aʼzolari, mahallalar koʻrki boʻlgan nuroniy keksalar jamul-jam boʻlishdi. Barcha tantanalarda Vatanimizning harbiy salohiyati, mard oʻgʻlonlarimiz jasorati hamda ona Oʻzbekistonimizga cheksiz muhabbat tuygʻulari bilan qamrab olingan kuy-qoʻshiqlar yangradi.

Shodiyor MUTAHAROV

(“Xalq soʻzi”)

Yuraklarda iftixor uygʻotgan bayram

Fargʻona viloyatida bayram tantanalari “Vatanparvarlik oyligi”ga hamohang tarzda tashkil etildi.

Fargʻona tumanidagi harbiy amaliyotlar oʻtash maydonida harbiy qurol aslahalar va zamonaviy texnikalar 20 mingdan ziyod fargʻonalik yoshlar va keng jamoatchilikvakillariga namoyish etildi.

14-yanvar mahalliy hokimiyat, Qurolli Kuchlar va jamoatchilik vakillari viloyat maʼmuriy markazidagi “Motamsaro ona” haykali poyiga gullar qoʻyishdi. Shundan soʻng Islom Karimov nomidagi teatr va konsert saroyida tantanali bayram tadbiri boʻlib oʻtdi.

Tadbirda Prezidentimizning 2020-yil 13-yanvarbdagi “Vatan himoyachilari kuni va Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil etilganining 28 yilligi munosabati bilan harbiy xizmatchilar va huquqni muhofaza qilish organlari xodimlaridan bir guruhini mukofotlar toʻgʻrsida”gi Farmoniga asosan davlatimizning orden va medallari bilan mukofotlangan harbiy xizmatchilarga yuksak mukofotlar topshirildi.

— Bu galgi bayram men uchun unutilmas boʻlib qoladi. Faoliyatim muhtaram Prezidentimiz, Qurolli Kuchlar Oliy Bosh Qoʻmondoni Shavkat Mirziyoyev tomonidan yuksak davlat mukofotiga loyiq topilgani zimmamdagi masʼuliyatni yanada oshirdi, — deydi, “Sodiq xizmatlari uchun” medali sohibi Ixvoljon Azimov. — Bu eʼtirof barcha hamkasblarimga, safdoshlarimga bildirilgan ishonch deb bilaman.

Tadbirda Mudofaa vazirligining buyrugʻi bilan bir guruh soha vakillariga harbiy unvonlar, koʻkrak nishonlari topshirildi. Vazirlik miqyosida oʻtkazilgan turli koʻrik-tanlov gʻoliblari taqdirlandi.

Tadbirda sanʼat ustalari, turli ansambllar, taniqli xonandalar tomonidan harbiy-vatanpavarlik ruhidagi qoʻshiqlar yangradi.

Elyorjon EHSONOV,

“Xalq soʻzi”.

14-yanvar - Vatan himoyachilari kuni!

MamlakatimizQurolli Kuchlari tashkil etilganining 28 yilligi hamda 14-yanvar – Vatan himoyachilari kuniga bagʻishlab Xorazm viloyatida ham bir qator yangi inshootlar foydalanishga topshirildi, madaniy –maʼrifiy tadbirlar, sport musobaqalari oʻtkazildi.

Bayram arafasida Xiva shahrida harbiy xizmatchilar oilalari uchun koʻp qavatli turar-joy binosifoydalanishga topshirildi. Tadbirda mamlakatimiz mudofaa tizimida ham keng koʻlamli islohotlar amalga oshirilayotgani, xususan, harbiy xizmatchilar va ularning oila aʼzolarini ijtimoiy muhofaza qilish, uy-joy sharoitlarini yaxshilashga alohida eʼtibor qaratilayotgani taʼkidlandi.

— Davlatimiz tomonidan harbiylarga koʻrsatilayotgan bunday gʻamxoʻrlik chegaralarimiz daxlsizligi, xalqimizning tinch va farovon hayotini taʼminlashga xizmat qiladi, – deydi harbiy xizmatchi Shukrullo Tolibjonov. – Bugun imtiyozli tarzda zamonaviy kvartiraga ega boʻlganim ham oilam hayotidagi unutilmas voqea boʻldi. Albatta, bu gʻamxoʻrlikka javoban Vatanimizga yanada sadoqat bilan xizmat qilaman!

Urganch shahrida joylashgan harbiy qismlardan birida 50 oʻrinli oshxona, 30 oʻrinli yotoqxona, oʻquv va xizmat xonalari, tibbiyot punktining qurib foydalanishga topshirilishi askar va zobitlar uchun chinakam bayram tuhfasi boʻldi.

Sana munosabati bilan Urganch shahridagi “Motamsaro ona” haykali poyiga gulchambarlar qoʻyildi va Qurolli Kuchlarning tuzilmalarisafbilan oʻtdi. Viloyat musiqali drama teatri binosida boʻlib oʻtgan tantanali tadbirda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti, Qurolli Kuchlar Oliy Bosh Qoʻmondoni Shavkat Mirziyoyevning bayram tabrigini Xorazm viloyati hokimi, viloyat harbiy-maʼmuriy sektori rahbari F. Ermanov oʻqib eshittirdi.

Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning 2020-yil 13-yanvardagi Farmoniga muvofiq, Vatan himoyachilari kuni va Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil topganligining 28 yilligi munosabati bilan huquqni muhofaza qilish organlari xodimlari hamda harbiy xizmatchilardan bir guruhi orden va medallar bilan taqdirlandi. Mukofotlanganlar orasida Xorazm viloyatda xizmatni oʻtayotgan harbiylar va huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimlari ham bor. Tadbirda ularga yuksak hurmat ehtirom koʻrsatildi. Sanʼat ustalari va yosh ijrochilar ishtirokidagi konsert dasturi tadbirga bayramona kayfiyat bagʻishladi.

Odilbek Odamboyev

(“Xalq soʻzi”)

Qarshida vatanparvarlik paradi

Qish havosining sovuqligiga qaramasdan bugun Qarshi shahri aholisi14-yanvar – Vatan himoyachilari kuniga bagʻishlab oʻtkazilgan harbiy paradni tomosho qilish uchun viloyat markaziga chiqdilar. Bayramga bagʻishlangan tadbir dastlab xotira majmuasidagi Motamsaro ona haykali poyiga gulchambarlar qoʻyishdan boshlandi.

Tantanalitadbirda ishtirok etgan viloyat hokimligi, viloyat tashkilot va korxonalari, muassasalari rahbarlari, harbiy qismlar komandirlari va keng jamoatchilik vakillari harbiy orkestr sadolari ostida maydonda Motamsaro ona haykali oldiga gulchambar qoʻyib taʼzim bajo keltirdilar.

Albatta, Vatanning har qarich yeri biz uchun aziz.Ana shu yurt, uning buguni va kelajagi uchun jon fido etgan buyuk ajdodlarimiz, ularning ezgu ishi hech qachon unutilmaydi.Ularning davomchilari boʻlmishVatan himoyachilari haqli ravishda yurtning faxri va iftixori sanaladi.

Vatan himoyachilari kuni munosabati tashkil etilgan jangovar harbiy texnikalar namoyishida Oʻzbekiston mudofaasiga koʻmaklashuvchiVatanparvar tashkiloti viloyat kengashi, viloyat favqulodda vaziyatlar boshqarmasiga tegishli harbiy texnikalar karvoni shahar koʻchalari boʻylab harakatlandi. Ustida yurtimiz bayrogʻi hilpirab turgan bu qudratli texnikalar voha ahli va mehmonlarida unutilmas taʼssurot qoldirdi.

- Bu yilgi bayramni koʻplab harbiy oilalar katta quvonch va faxr-iftixor bilan qarshi olishmoqda, - deydiqarshilikQudrat Egamberdiyev.–Bayram munosabati bilan tashkil etilayotgan bugungi tadbirlaryosh avlodniyuksak vatanparvarlikruhida tarbiyalash,ulardael-yurttaqdirigadaxldorliktuygʻusiniyuksaltirishga xizmat qiladi.Chunki, unda Harbiy xizmatchilarimiz tomonidan namoyish qilingan harbiy mashqlar, koʻrgazmali chiqishlar xalqimiz, ayniqsa yoshlarimizning Qurolli Kuchlarimiz haqidagi tasavvurlarini yanada boyitadi. Ularda milliy armiyamizdan faxrlanish hissini uygʻotadi.

Bayram tadbirlari doirasida mahalliy hokimiyat vakillari va harbiy qism qoʻmondonliklari tomonidan joylarda kam taʼminlangan, nogironligi boʻlgan fuqarolar holidan xabar olinib, ularga moddiy yordamlar koʻrsatildi.

A. Muhammadiyev, /Xalq soʻzi/14. 01. 2020y.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?