Vatan fidoyilari yod etildi

11:57 31 Avgust 2019 Siyosat
235 0

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 31-avgust kuni erta tongda Shahidlar xotirasi xiyoboniga tashrif buyurib, qatagʻon qurbonlarini yod etish marosimida ishtirok etdi. 

Qurʼon tilovat etilib, xalqimiz ozodligi uchun fido boʻlgan insonlar haqiga duo qilindi. Anʼanaga koʻra, elga osh tortildi.

Xiyobondagi ramziy qabr yonida nuroniylar, ulamo va ziyolilar bilan muloqot boʻlib oʻtdi.

Fidoyi va vatanparvar bobolarimizning hayoti va merosini oʻrganish, xotirasini abadiylashtirishga katta eʼtibor qaratilayotgani qayd etildi. Mamlakatimizdagi tinchlik, erkinlik va toʻkinlikning qadriga yetish, diling Ollohda, qoʻling mehnatda boʻlsin degan gʻoyaga amal qilib, hamma sohalarni rivojlantirishga intilish, yoshlarni keng dunyoqarashli, vatanparvar insonlar qilib tarbiyalash muhimligi taʼkidlandi.

 

 

 


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?