Van Ilinni “Doʻstlik” ordeni bilan mukofotlash toʻgʻrisida

09:57 30 Avgust 2018 Hujjatlar
349 0

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmoni

Oʻzbekiston iqtisodiyotining neft va gaz tarmogʻini rivojlantirish borasidagi katta xizmatlari, yirik investitsiya loyihalarini amalga oshirishdagi hamkorligi, mamlakatimizning eksport salohiyatini oshirish, Oʻzbekiston Respublikasi va Xitoy Xalq Respublikasi oʻrtasidagi doʻstona aloqalarni mustahkamlashga qoʻshgan salmoqli hissasi uchun “CNPC” kompaniyasi direktorlar Kengashi raisi, “PetroChina” kompaniyasi raisi Van Ilin “Doʻstlik” ordeni bilan mukofotlansin.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.MIRZIYOYEV

Toshkent shahri,
2018 yil 29 avgust


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?