Valentina Matviyenkoning tashrifi davom etmoqda(fotoreportaj)

12:18 02 Oktyabr 2019 Jamiyat
170 0

Foto: Hasan Paydoyev / "Xalq so'zi"

Xabaringiz bor, Rossiya Federatsiyasi Federal Majlisi Federatsiya Kengashi Raisi Valentina Matviyenko rasmiy tashrif bilan Oʻzbekistonda boʻlib turibdi.

Tashrifning ikkinchi kunida Valentina Matviyenko Oliy Majlis Senati raisi Tanzila Norboyeva bilan uchrashdi.

Mehmon Mustaqillik va ezgulik monumenti poyiga gul qoʻydi.

Shundan soʻng muzokaralar boshlandi.

Xususan, Oliy Majlis huzuridagi Qonunchilik muammolari va parlament tadqiqotlari instituti hamda Rossiya Federatsiyasi Federal Majlisi Federatsiya Kengashi Devoni Tahliliy huquqiy boshqarmasi oʻrtasida hamkorlik toʻgʻrisida memorandum imzolash marosimi boʻlib oʻtdi.

Delegatsiya aʼzolari Oliy Majlis Senati faoliyati bilan yaqindan tanishib, yuqori palata bilan oʻzaro hamkorlikni yanada rivojlantirish boʻyicha fikr almashmoqda. 

Fotomuxbirimiz Hasan Paydoyev ushbu jarayonlardan fotoreportaj tayyorladi.

Tashrif davom etyapti.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?