Valentina Matviyenko xalq qabulxonalari faoliyati bilan tanishdi

18:05 02 Oktyabr 2019 Jamiyat
114 0

Oʻzbekistonda rasmiy tashrif bilan boʻlib turgan Rossiya Federatsiyasi Federal Majlisi Federatsiya Kengashi Raisi Valentina Matviyenko boshchiligidagi Rossiya Federatsiyasi delegatsiyasi 2019-yil 2-oktyabr kuni Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Raisi Tanzila Narbayeva hamrohligida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti xalq qabulxonalari faoliyati bilan tanishdi.

Martabali mehmon mamlakatimizda aholi muommolari bilan ishlash boʻyicha yoʻlga qoʻyilgan yangi tizim haqida xabardor etildi. Taʼkidlanishicha, Prezident xalq qabulxonalari nafaqat fuqarolar murojaatlarini qabul qiladi va eng muhim masalalarni hal qilish boʻyicha choralar koʻradi, balki joylarga borib aholini tashvishga solayotgan muammolarni oʻrganadi, mahalliy davlat hokimiyati organlari bilan birga ularni hal qilish yoʻllarini ishlab chiqadi. Bunda xalq qabulxonalari aholi bilan bevosita muloqotni taʼminlashga, bu yoʻnalishda davlat organlarining javobgarligini oshirishga alohida eʼtibor qaratmoqda.

Shuningdek, xalq qabulxonalari hududlardagi ijtimoiy holatni oʻrganishda va jamoatchilik vakillarini jalb qilgan holda aholining muammolarini hal qilishda ochiqlik, shaffoflik va xolislikni taʼminlash choralarini koʻrishi taʼkidlandi.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?