Valentina Matviyenko boshchiligidagi delegatsiya kuzda Oʻzbekistonga tashrif buyuradi

Joriy yil 22-iyul kuni Senatda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Raisi Tanzila Narbayevaning Rossiya Federatsiyasining Oʻzbekistondagi Favqulodda va Muxtor Elchisi Vladimir Tyurdenev bilan uchrashuvi boʻlib oʻtdi. Bu haqda Oliy Majlis Senati Axborot xizmati “Xalq soʻzi“ga maʼlum qildi.
Uchrashuvda parlamentlararo hamkorlikni yanada mustahkamlash, shu jumladan xalqaro parlament tuzilmalari doirasida hamkorlik masalalari muhokama etildi.
Taʼkidlanganidek, Oʻzbekiston va Rossiya davlat rahbarlarining siyosiy irodasi ikki tomonlama hamkorlikni mustahkamlash va rivojlantirishga poydevor boʻlib xizmat qilmoqda. Mamlakatlar oʻrtasidagi muloqotni faollashtirishda parlamentlarning oʻrni va ahamiyati ham tobora oshib bormoqda.
Uchrashuvda joriy yilning kuzida Federal Majlis Federatsiya Kengashi Raisi Valentina Matviyenko boshchiligida Rossiya Federatsiyasi parlamenti yuqori palatasi delegatsiyasining Oʻzbekistonga tashrifini tashkil etish masalalari ham koʻrib chiqildi.
Ikki mamlakat oʻrtasidagi parlamentlararo munosabatlar yangi bosqichga koʻtarilgani qayd etildi. Jumladan, Oliy Majlis Senati delegatsiyasining 2018-yil noyabrda Rossiya Federatsiyasiga amalga oshirgan tashrifi doirasida Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati va Rossiya Federatsiyasi Federal Majlisi Federatsiya Kengashi oʻrtasida hamkorlik toʻgʻrisida bitim imzolandi, shuningdek Oliy Majlis Senati hamda Federal Majlis Federatsiya Kengashi hamkorligi boʻyicha komissiyaning majlisi oʻtkazildi.
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekistonda yana bir yangi yengil avtomobil ishlab chiqarish yoʻlga qoʻyildi. Narxi 270 mln. soʻmdan boshlanadi (FOTO)
- Erkinjon Turdimov: “Bugun biz xalqimizni tinglashni oʻrganishimiz kerak. Xalqimizning dardiga quloq tutishimiz kerak”
- Mushtariylar uchun ajoyib yangilik!
- Fargʻonada benzinning narxi oʻn ming soʻmga chiqib ketdi. Savdo faqat naqd pulda amalga oshirilmoqda
- Bosh prokuratura Jahongir Ortiqxoʻjayev boʻyicha bayonot berdi
- “Rossiyskaya gazeta”: “Sharqiy ekspress”. Yoxud Oʻzbekistonda kadrlar siyosati va turizm infratuzilmasi qay ahvolda? Mutasaddilar javob berdi
Muhokama qilingan
- Moliya vaziri: “Oldin AQSH dollarini 4000 soʻmdan ham ololmaganmiz, Oloy bozoridagi qora bozordan 8000-8500 ming soʻmdan olganmiz”
- Qoʻyliq bozoridagi yongʻin boʻyicha rasmiy maʼlumot berildi
- Oʻzbekiston va Rossiya Prezidentlari telefon orqali muloqot qildi
- Fargʻonadagi mahallada fuqarolar qurt bosgan suv isteʼmol qilmoqda
- 2 nafar IIV xodimi 500 dollar pora bilan qoʻlga tushdi
Afisha
Yuqoridagi suratda buning uchun nima qilish lozimligini tomosha qilishingiz mumkin.
02 Dekabr 2019
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring: