“Vaksina borligi va uning xavfsizligini isbotlash — bu boshqa-boshqa narsa” — Jahon OAV koronavirusga qarshi birinchi vaksina haqida qanday fikrlarni bildirmoqda?

22:31 14 Avgust 2020 Dunyo
964 0

Rossiya koronavirusning yangi turiga qarshi dunyodagi birinchi vaksina roʻyxatga olganini eʼlon qildi. Vaksinaga “Sputnik V” nomi berildi. Sputnik 1957-yilda kosmosga uchirilgan birinchi covet yoʻldoshining nomi edi. Rossiya prezidenti Vladimir Putin vaksinani ommaviy ishlab chiqarishni tez orada boshlash maqsad qilinganini va vaksina oʻzining qizida ham sinab koʻrilganini aytdi.

«Men vaksina juda yaxshi ishlashini va kuchli immunitetni yaratishini bilaman. Vaksina barcha zarur tekshiruvlardan oʻtdi», degan u.

Ushbu xabar yashin tezligida butun dunyoga tarqaldi. Xoʻsh, dunyo ommaviy axborot vositalari yangi vaksina haqida qanday fikrlarni yozmoqda.

“The Washington Post” (AQSH) nashri sharhlovchisi Ketlin Parker Rossiya vaksinasini Sovet Ittifoqining birinchi sunʼiy yoʻldoshi bilan bogʻlamoqda.

“U (sunʼiy yoʻldosh) voleybol toʻpi oʻlchamiga teng boʻlib, to quvvati tugaguncha uch hafta davomida Yerni aylanib chiqqan edi.

Ikki oydan soʻng yana atmosferaga qaytadi va bizning sayyoramiz atrofida aylanib yuradi va nihoyat u tarixga aylangandi.

Ammo endi bu muhim emas: Eng muhimi, oʻsha paytda Sovet Ittifoqi bu borada AQSHni ortda qoldirganidan mamnun edi. Va bu hodisa raqobatga turtki boʻlgan. Sovet Ittifoqi va AQSH atmosferaga kirish uchun raketalar, dvigatellar va texnologiyalarni ishlab chiqishda bahsga kirishgandi.

Bugun ana shunday raqobat sayyoramizni zabt etayotgan halokatli virusni toʻxtatish vazifasiga toʻgʻri keldi”, deb yozadi sharhlovchi.

Science: “Ajablantiradigan ixtiro”

Ilm-fanni rivojlantirish boʻyicha Amerika uyushmasining jurnali ushbu ixtiroga oʻz qarashlarini “hayratda qoldiradigan va munozarali” deb eʼlon qildi.

“Rossiyada roʻyxatga olingan, “Binnofarm" tomonidan ishlab chiqarilgan vaksina toʻgʻrisida aniq maʼlumotlar juda kam», deb yozadi jurnalist Jon Koen. — «Binnofarm» kompaniyasi vakillari ushbu vaksinadan har yili 1,5 million doza ishlab chiqarish quvvatiga ega deb taʼkidlashmoqda.

2017-yilda Gamaleya nomidagi Milliy epidemiologiya va mikrobiologiya ilmiy markazi  Ebolaga qarshi muvaffaqiyatli vaksina yaratgan edi. “Covid-19”ga qarshi yaratilgan vaksina ham oʻsha asos asosida yaratilgan. U ham hali sinov bosqichida, u endi klinik sinovlarning birinchi bosqichidan oʻtdi”.

BBC: Vaksina borligi va uning xavfsizligini isbotlash — bu boshqa-boshqa narsa

BBC esa AQSHning yuqumli kasalliklar boʻyicha bosh mutaxassisi Entoni Fauchining soʻzlarini keltirib oʻtdi.

«Vaksinaga ega boʻlish va uning xavfsiz va samarali ekanligini isbotlash — bu boshqa-boshqa narsa. Umid qilamanki, ruslar vaksina xavfsiz va samarali ekanligini aniq isbotlaydilar», degan Fauchi.

Tagesspiegel (Germaniya): Rossiya poygada gʻalaba qozondi

«Rossiya koronavirusga qarshi birinchi vaksina yaratish poygasida gʻalaba qozondi», deb yozmoqda nashr.

Maqolada keltirishicha, Braziliya, Filippin va BAA ham vaksinani birinchi dozalarini sotib olishga tayyorligini bildirgan. Isroil hatto uni ishlab chiqarishga ham qiziqish bildirmoqda.

Vaksina Gamaleya nomidagi Milliy epidemiologiya va mikrobiologiya ilmiy markazi ishlab chiqilgan. Tadqiqotning birinchi qismida faqatgina oz sonli odamlar uni qabul qildi. Endi, birinchi navbatda, tibbiyot xodimlari va oʻqituvchilarni emlash nazarda tutilmoqda.

Nashrning qayd etishicha, bunga parallel ravishda, minglab ishtirokchilar ishtirokidagi uchinchi bosqich tadqiqotlari oʻtkazilishi kerak.

“Der Spiegel”, Germaniya: “Vaksina rivojlanishni qaytaradi”

“Der Spiegel”, oʻz maqolasida qayd etishicha, vaksinani yaratish dunyoda, ayniqsa, Rossiya va Xitoy tomonidan “qizdirilayotgan” poygadir.

«Moskva va Pekin uchun izlanishlardagi yutuq ular oʻz aholisini himoya qilish va iqtisodiyotini ochish uchun raqiblaridan tezroq boʻlishni anglatadi.

Vaksina nafaqat virusga qarshi kurashda olgʻa siljish, balki taʼsir, obroʻ va pul ham olib keladi. Chunki dunyoning qolgan qismi vaksinani sotib olishni xohlaydi », - deya qayd etadi Germaniyaning nufuzli nashri.

JSST maʼlumotlariga koʻra, 12 mamlakatdagi laboratoriyalarda hozirda 27 nomzod nomzod vaksinalari ishlab chiqilgan va ular hozir sinovdan oʻtkazilmoqda.

Ular orasida Buyuk Britaniya, Yaponiya, Germaniya, Janubiy Koreya va AQSH bor. Ammo klinik tadqiqotlar faqat Rossiya, Xitoy va Hindistonda boshlandi.

“Faqat ruslar bor imkoniyatlarini ishga solayotgani yoʻq”, deb yozadi nashr. Masalan, Hindiston shoshilishni istamoqda. Mamlakat farmatsevtika sanoati dunyodagi eng yirik vaksinalar ishlab chiqaruvchi hisoblanadi. Biroq, ularning aksariyati chet elda ishlab chiqilgan. Bosh vazir Narendra Modi buni oʻzgartirishni xohlamoqda. Hozir kamida yettita Hindiston farmatsevtika kompaniyasi koronavirus vaksinasi ustida ishlamoqda.”

The Times: “Ulkan muvaffaqiyat”

Buyuk Britaniyaning yetakchi ommaviy axborot vositasi ham Rossiyada koronavirusga qarshi vaksina paydo boʻlishiga eʼtiborsiz boʻlmadi. Ular oʻz oʻquvchilarining fikrlarini chop etishdi. Tabiiyki fikrlar rang barang.

Baʼzilarining fikriga koʻra, Rossiya yutuqlarni eʼlon qilishga shoshildi, boshqalari, aksincha, Rossiyaning muvaffaqiyatining soʻzsiz sukunatiga ishonadilar.

“Ruslar bu ishlarni qilishda jasoratlidir. Gʻarb aholisi shunchaki rus ongini tushunishmaydi. Ha, xavf bor, lekin u kichik boʻlib tuyuladi. Keksa odamlar va zaif guruhlar darhol emas, balki biroz keyinroq inyeksiya qilishadi. Va, ehtimol, bu toʻgʻri strategiya. Agar ushbu strategiya ishlasa va u ish bersa, rossiyaliklar oʻz iqtisodlariga yetgan zararni sezilarli darajada kamaytiradi”, deb yozadi Roberta111 taxallusi ostida foydalanuvchi.

“Yoʻq, men pulimni yaxshisi Oksfordga sarflayman. Men uni kutganim yaxshi”, deya yozadi Brayan Souter.

“Hürriyet”, Turkiya: “Yaxshi xabar”

“Hürriyet” gazetasi, Turk mediasida, Rossiyaning koronavirusga qarshi vaksinasi haqidagi yangiliklarga ijobiy munosabat bildirgan olimlarning soʻzlarini keltirdi.

Masalan, professor Mustafo Xaseksuz Rossiya tomonidan koronavirusga qarshi vaksinani ishlab chiqilganini “yaxshi yangilik” deb hisoblagan.

«Biz Rossiyada vaksinaning yaratilish bosqichlari haqida hali bilmaymiz. Ammo Rossiya JSST bilan aloqada. Agar vaksina maʼqullangan boʻlsa, bu juda yaxshi yangilik boʻladi. Dunyo koʻplab vaksinalarni ishlab chiqish ustida ishlamoqda va umid qilamanki, ularning hammasi yaxshi samara beradi", deydi Mustafo Xaseksuz.

Uning fikrini boshqa hamkasbi maʼqullagan. «Turkiya Rossiya bilan vaksina borasida muzokaralar olib bormoqda. Yaxshi xabar shundaki, Rossiya dori topdi. Ammo biz hozircha tafsilotlarni bilmaymiz, qachon ular oshkor qilinishini koʻramiz", deya qoʻshimcha qiladi professor, doktor Tevfik Ozlu.

“Jornal de Noticias”, Portugaliya: “Xalqaro hamjamiyatning shubhalari tushunarli”

“Rossiya soʻnggi chiziqdan oʻtishdan oldin raqiblarini jasorat bilan “siqib chiqardi”. Putinning moʻjizaviy dori uning qizlaridan birini sinovdan oʻtkazilganligi, yigirma mamlakat allaqachon sotib olish uchun ariza bergani va vaksina yanvar oyida sotuvga chiqarilishi haqidagi daʼvolariga qaramay, xalqaro hamjamiyatning shubhalari tushunarli. Ayni paytda yuzdan ortiq vaksinalar ishlab chiqilmoqda, ammo, kelgusi oylarda ishonchli, samarali dori paydo boʻlishiga ishonch pasaymoqda» deb yozmoqda nashr muxbiri Pedro Ivo Karvalyo.

PS. Vaksina barcha qoidalarga muvofiq roʻyxatga olingan va mutlaqo xavfsizdir

Rossiya vaksinasi qabul qilingandan soʻng ikki yil davomida koronavirusdan himoya qiladi. Bu haqda “Rossiya-1” telekanaliga Gamaleya nomidagi Milliy epidemiologiya va mikrobiologiya ilmiy markazi rahbari Aleksandr Ginsburg maʼlum qildi.

Uning soʻzlariga koʻra, vaksina barcha qoidalarga muvofiq roʻyxatga olingan va mutlaqo xavfsizdir.

Ginsburgning taʼkidlashicha, “Sputnik-V” vaksinasi xorijiy analoglardan farq qiladi, chunki u ikki komponentlidir. Mutaxassisning fikriga koʻra, mazkur emlov manziliga boʻlayotgan tanqid jahon bozoridagi raqobat bilan bogʻliq.

“Oʻylab koʻring, agar Rossiya vaksinasi tufayli baʼzi firmalar koʻp milliardlab dollarlardan mahrum boʻlsa, qanday munosabat bildirishni xohlar edingiz?” — deydi Ginsburg.

Uning soʻzlariga koʻra, hozirda immunitetning kuchayishi koronavirusning har qanday dozasidan himoya qilinishini kafolatlaydi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?