Vakolatli iqtisodiy operatorlar instituti joriy etiladi

10:09 17 Dekabr 2018 Iqtisodiyot
532 0

Foto: “Xalq soʻzi Online”

Maʼlumotlarga koʻra, bojxona sohasida amalga oshirilayotgan keng koʻlamli islohotlar bojxona toʻlovlari dinamikasiga ham ijobiy taʼsir koʻrsatmoqda. Xususan, joriy yilning oʻtgan 11 oyida mamlakatimizga import qilingan tovarlardan 10 trln. 408 mlrd. soʻm miqdorida bojxona toʻlovlari undirildi.

Yurtimizda tadbirkorlikni yanada rivojlantirish, sohalar rivojini taʼminlash maqsadida bojxona toʻlovlaridan 41 trln. 394,6 mlrd. soʻm miqdorida imtiyozlar qoʻllanildi. Bu esa umumiy hisoblangan bojxona toʻlovlarining qariyb 80 foizini tashkil etadi.

Bu haqda Davlat bojxona qoʻmitasi tomonidan oʻtkazilgan matbuot anjumanida aytib oʻtildi.

Shuningdek, bojxonachilar tomonidan amalga oshirilgan tezkor tadbirlar natijasida joriy yilning oʻtgan 11 oyida jami 11 066 ta huquqbuzarlik holatlari aniqlanib, 136 mlrd. soʻmlik tovar-moddiy boyliklar ashyoviy dalil sifatida ushlab qolindi.

Anjumanda, shuningdek, kelgusi yilning 1 fevralidan boshlab tashqi iqtisodiy faoliyatning halol ishtirokchilariga soddalashtirilgan bojxona tartib-taomillaridan foydalanish huquqini taqdim etishni nazarda tutuvchi xalqaro standartlarga muvofiq vakolatli iqtisodiy operatorlar instituti joriy etilishi maʼlum qilindi.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?