Vakillarimiz Angliya terma jamoasini yirik hisobda magʻlub etdi (video+foto)

16:30 09 Avgust 2019 Sport
228 0

Joriy yilning 5—8-avgust kunlari Oʻzbekiston va Buyuk Britaniya regbi terma jamoalari oʻrtasida oʻrtoqlik uchrashuvlari boʻlib oʻtdi. Bu haqda Toshkent harbiy okrugi matbuot xizmati xabar berdi. 

Ushbu oʻyin ikki jihati bilan ahamiyatli: birinchidan, mehmon jamoa Mudofaa vazirligi sport klubi aʼzolaridan iborat terma jamoa bilan kuch sinashgan boʻlsa, ikkinchidan, Oʻzbekiston terma jamoasi vakillari bilan qizgʻin bahs olib bordi.

Kuni qizdirishiga qaramay, Oʻzbekiston milliy universiteti stadioni tomoshabinlar bilan gavjum boʻldi.

Xavfli va oʻta tezkor sanalgan ushbu oʻyinning birinchi kunida Buyuk Britaniya terma jamoasi Mudofaa vazirligi terma jamoasi bilan kuch sinashib, yirik hisobda magʻlub boʻldi.
Ikkinchi yakunlovchi oʻyinda inglizlar Oʻzbekiston terma jamoasi vakillari bilan kuch sinashib, kichik hisobda gʻalaba nashidasini surishdi.

Yakuniy natijalarga koʻra, Mudofaa vazirligi sportchilari oliy oʻrinni egallab, regbi Vatani boʻlmish Britaniya terma jamoasi ustidan ishonchli gʻalabaga erishdi.
Taqdirlash marosimida kubok va sovgʻalar oʻz egalariga topshirildi. Ingliz regbichilariga oʻzbek doʻppisi va milliy qadriyatlarimiz aks etgan sovgʻalar topshirildi.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?