Vafot etganlar yoʻq! Vyetnamning koronavirus bilan muvaffaqiyatli kurashining sabablarini maʼlum boʻldi

11:29 14 Aprel 2020 Dunyo
140 0

foto by: Google

Vyetnam qatʼiy karantin choralari va ijtimoiy hamjihatlik bilan Yevropa va AQSHda avjiga chiqqan koronavirus pandemiyasining fojiali oqibatlaridan qochishga muvaffaq boʻldi.

Muvaffaqiyat sabablari South China Morning Post nashri tomonidan keltirdi.

Taʼkidlanishicha, Vyetnamning pandemiyaga munosabati Jahon sogʻliqni saqlash tashkiloti tomonidan maqtovga sazovor boʻldi. Mamlakatda infeksiya darajasi Xitoy bilan chegaradosh boʻlishiga qaramay, Janubiy Koreya, Singapur va Tayvanga qaraganda ancha past boʻlib qolmoqda.

Ommaviy axborot vositalari ham mamlakatni pandemiyaga qarshi samarali choralari uchun koʻp marotaba maqtadi. Bundan tashqari, Vyetnamda umuman yangi virusdan oʻlim hollari qayd etilmadi.

JSSTning Vyetnamdagi vakili Kidun Parkning aytishicha, mamlakatning pandemiyaga erta javob qaytarishi muvaffaqiyatning muhim omili boʻlgan.

“Vyetnam bu falokatga erta va faol munosabat bildirdi. Uning birinchi xavfni oʻrganish boʻyicha tadqiqoti yanvar oyi boshida - Xitoyda sodir boʻlgan voqealar haqida ilk xabarlar kela boshlaganidan koʻp oʻtmay amalga oshirildi”, dedi u.

Mamlakat tezda COVID-19 ning oldini olish va nazorat qilish boʻyicha milliy qoʻmita tuzdi va unga bosh vazir oʻrinbosari boshchiligida zudlik bilan milliy javob rejasi taqdim etdi.

Vyetnam maktablari yanvar oyida yopildi, 16-martda ommaviy karantin boshlandi, 25-martda xalqaro reyslar toʻxtatildi. Ichki reyslar, poyezdlar va avtobuslarning aksariyati bekor qilindi. Niqob taqishdan bosh tortib boshqa odamga xastalikni yuqtirganlar 12 yilgacha qamoq jazosiga hukm qilinishi belgilab qoʻyildi.

Ammo rasmiylar tomonidan ushbu cheklovlarni yengillashtirish haqida hozircha maʼlumotlar yoʻq. Tasdiqlangan holatlar soni oz boʻlishiga qaramay, 1-aprel kuni Vyetnam mamlakatga kirish va chiqishni cheklash toʻgʻrisida eʼlon qildi.

Bundan tashqari, Vyetnamda SARS kabi shunga oʻxshash kasalliklarni davolash tajribasi mavjud.

Vyetnamning muvaffaqiyati, shuningdek, uning fuqarolarining ijtimoiy birligi bilan izohlanishi mumkin.

Mamlakat bosh vazir Nguyen Suan Fuk virusni Tet voqeasi(1968-yilda sodir boʻlgan AQSH bilan urush paytida kommunistik kuchlarning birinchi keng miqyosli hujumi) bilan taqqosladi. Keksa fuqarolar ham urushdan beri bunday tartib va birdamlikni koʻrmaganliklarini tasdiqlashdi.

Soʻnggi maʼlumotlarga koʻra, Vetnamda 262 ta koronavirus infektsiyasi qayd etilgan, bemorlardan hech biri vafot etmagan.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?