Vadim Abramov yana murabbiylikka qaytdi

17:17 12 Yanvar 2019 Sport
524 0

Oʻzbekistonning futbol boʻyicha tajribali murabbiylaridan biri Vadim Abramov yana murabbiylikka qaytdi. Maʼlum muddat yashil maydondan chetda yurgan mutaxassis bundan buyon Toshkentning “Bunyodkor” jamoasini boshqaradi.

“Qaldirgʻochlar” matbuot xizmatining xabar berishicha, bugun futbolchilar va murabbiylar bilan klub rahbariyati yigʻilish oʻtkazgan. Yigʻilishda bir qator masalalar muhokama etilib, yangi mavsumda jamoa oldiga qoʻyilgan vazifalar, bajarilishi lozim boʻlgan ishlar, rejalar bilan tanishtirildi. Shundan keyin Vadim Abramov murabbiy sifatida ish boshlashi haqida eʼlon qilingan.

V. Abramov “Bunyodkor” jamoasiga qadar poytaxtning “Traktor” va “Lokomotiv” hamda Fargʻonaning “Neftchi” jamoalarida murabbiy boʻlib ishlagan. Shuningdek, u Oʻzbekiston Milliy va Olimpiya terma jamoalarini muvaffaqiyatli boshqargan.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?