Uzoq Sharqda oʻrmonlar yonmoqda

20:11 08 Aprel 2019 Dunyo
686 0

Illyustrativ foto

Rossiyaning Uzoq Sharq hududida boshlangan oʻrmon yongʻinlari 5 ming gektarga yaqin hududni egallab olgan. Bu haqda TASS xabar berdi.

Jumladan, Magadan oblastida 4 ming gektardan ziyod, Amur oblastida 650 gektarga yaqin, Xabarovsk va Baykalorti oʻlkalarida qariyb 290 gektar, Buryatiyada 1 gektar maydonga oʻt ketgan.

“Tilsiz yov”ni bartaraf etish uchun qariyb 580 kishi va 94 ta texnika vositasi jalb etilgan. Aviatsiya monitoringi hamda oʻt oʻchirishda toʻqqizta havo kemasidan ham foydalanilyapti.

Ayni paytga kelib Rossiyadagi 34 ta hududda oʻt oʻchirish mavsumi boshlangan.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?