Uzinfocom ustav kapitalidagi davlat ulushi UMSʼga beriladi

12:06 21 May 2019 Jamiyat
250 0

Raqamli iqtisodiyot va “Elektron hukumat” tizimi infratuzilmalarini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida Prezident qarori qabul qilindi. Bu haqda “Huquqiy axborot“ kanali xabar berdi.

Qarorga muvofiq:

“UZINFOCOM”ning ustav kapitalidagi davlat ulushi kamida 51 foizga oshiriladi;

keyinchalik “UZINFOCOM”dagi davlat ulushi “Universal Mobile System” (UMS) ustav kapitalini koʻpaytirish hisobiga oʻtkaziladi.

“Elektron hukumat” va raqamli iqtisodiyot doirasidagi idoraviy axborot tizimlari, maʼlumotlar bazalari, dasturiy mahsulotlarni joriy etish boʻyicha qarorlar ularni amalga oshirishning moliyaviy manbalarini aniq koʻrsatgan holda qabul qilinadi.

UMS axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasidagi xaridlarning texnik topshiriqlarini faqat Elektron hukumat va raqamli iqtisodiyot loyihalarini boshqarish markazi bilan kelishgan holda amalga oshiradi.

Davlat organlariga “Elektron hukumat” tizimi doirasida oʻz maʼlumotlarini qayta ishlash markazlarini tashkil etish va qurish taqiqlanadi.

UMS oʻziga yuklangan vazifalar doirasida 2022 yil 1 yanvargacha chetdan olib kiriladigan tovarlar uchun bojxona toʻlovlaridan ozod etiladi.

Telekommunikatsiya obyektlarini qurish uchun UMSga yer uchastkalari auksionsiz beriladi.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?