UzCard “SMS-xabarnoma” xizmati narxini ikki baravarga oshirdi

16:40 08 Iyul 2019 Iqtisodiyot
377 0

UzCard plastik kartochkalarini “SMS-xabarnoma” xizmatiga ulagan foydalanuvchilar uchun har bitta sms uchun xabar qiymatini ikki baravarga oshirdi. Bu haqda kompaniya rasmiy saytida maʼlum qilingan.

“Mobil operatorlar 2019-yil 15-iyuldan “SMS-xabarnoma” xizmati tomonidan 5800 qisqa raqamdan yetkaziluvchi (MCHJ Play Mobile) har bir kirish xabarnoma narxi 84,20 soʻmni (2 sent) tashkil etishini eʼlon qiladi“, deyiladi kompaniya xabarida.

Eslatib oʻtamiz, bugungi kunga qadar “SMS-xabarnoma” xizmati tomonidan 5800 qisqa raqamdan yetkaziluvchi har bir kirish xabarnoma narxi 42,10 soʻmni tashkil etardi.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?