UzCard monopoliyasiga barham berilmoqda. Oʻzbekistonda yangi protsessing markazi tashkil qilinadi

18:30 19 Sentyabr 2018 Jamiyat
419 0

Oʻzbekistonda Milliy banklararo protsessing markazi tashkil etiladi. Bu haqda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning “Milliy toʻlov tizimini rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi 2018 yil 19 sentyabr kuni imzolagan Farmonida koʻrsatib oʻtilgan.

Hujjatga koʻra, markaz toʻlovlar davomiyligini taʼminlash, sohaga innovatsion mahsulotlarni jalb etish, mavjud bank xizmatlari va toʻlov xizmatlari bozorida raqobatni rivojlantirish maqsadida tashkil qilinmoqda.

Eslatib oʻtamiz, Oʻzbekistonda shu kunga qadar Yagona umumrespublika protsessing markazi (YAUPM) mavjud boʻlib, uning toʻlov tizimi sifatida UzCard faoliyat yuritib kelgan.

15 sentyabr kuni tizimda kuzatilgan nosozlik tufayli Oʻzbekistonda plastik kartalar orqali toʻlovlar amalga oshirish imkoniyati yoʻqolib qolgandi. Kompaniya texnik nosozliklar POS, E-POS terminallari va ATM-qurilmalari protsessing markazi bilan ulana olmayotgani sabab yuz berganini maʼlum qilgandi. Tizim qayta ishlab ketishi uchun qariyb ikki sutka vaqt talab qilingandi.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?