Uzbekistan Airways Singapurga reyslarni Jakartaga almashtirgan edi. Dastlabki natijalar qanday?

16:21 02 Iyul 2019 Jamiyat
369 0

Maʼlumki, shu yil aprel oyi oxirida Uzbekistan Airways Singapurga uchishni toʻxtatdi.

Aviakompaniya 2104-yil aprelidan boshlab ushbu mamlakaga reyslarni yoʻlga qoʻygandi. MAK samolyotlari Toshkent — Kuala-Lumpur — Singapur — Toshkent va Toshkent — Singapur — Kuala-Lumpur — Toshkent yoʻnalishlarida parvozlarni amalga oshirgan.

Singapurga oxirgi reys shu yil 26-aprel kuni boʻlgan. Uzbekistan Airways oʻsha grafik boʻyicha haftasiga ikki marta Kuala-Lumpurga uchishda davom etib, faqat Singapurni Indoneziya poytaxti Jakartaga almashtirgan edi.

Dastlabki natijalar Indoneziyadan yurtimizga turistlar soni oshganini koʻrsatyapti.

Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi maʼlumotlariga koʻra, may oyida Oʻzbekistonga Indoneziyadan 172 nafar sayyoh kelgan. Bu oʻtgan yilning shu davridagiga nisbatan 41 foiz koʻpdir

Singapurga reys yoʻq boʻlishiga qaramay, ushbu shahar-davlatdan diyorimizga keluvchilar soni bor-yoʻgʻi 6,3 foiz kamaygan — 2019-yil may oyida 118 nafar, 2018-yil may oyida esa 126 nafar turist.

2018-yilda Singapur(1782 nafar) Oʻzbekistonga sayyohlar oqimi boʻyicha Indoneziya(1589)ni ortda qoldirgandi. Vaholonki, Indoneziyaning aholisi qariyb 269 mln. boʻlsa, Singapurniki bor-yoʻgʻi 5,8 mln.dir.

Aholining umumiy soni foizlarda hisoblab chiqilsa, Singapur Indoneziyani Oʻzbekistonga keladigan turistlar soni boʻyicha bir necha marta ortdi qoldirmoqda va bu jarayon toʻgʻridan-toʻgʻri reyslar yopilishiga qaramay davom etyapti.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?