“O‘zbekfilm” AJ barcha aksiyalarini qaytarib sotib oladi

19:16 09 Iyul 2018 Madaniyat
433 0

“O‘zbekfilm” AJ davlat korxonasiga aylantirilyapti va barcha aksiyalarni sotib olmoqda. Korporativ axborot yagona portalida ma’lum qilinishicha, bu boradagi qaror kompaniya aksiyadorlarining may oyi oxirida o‘tkazilgan yig‘ilishida qabul qilingan.

Shu munosabat bilan jamiyat aksiyalarining har bir donasini bozor narxida 2000 so‘mdan xarid qilish boshlanyapti. Davlat soliq qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, “O‘zbekfilm” AJning asosiy aksiyadori Davlat aktivlarini boshqarish markazi, “Zamin Film” MCHJ, “Uzbek Film Services” kompaniyasi va 549 nafar jismoniy shaxs hisoblanadi.

O‘z navbatida, 1946 yilda Samarqandda asos solingan va kino hamda televideniye uchun uskunalar chiqargan “Kinap” AJ ham o‘z boshqaruv shaklini o‘zgartirmoqda.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?