Tojikiston O‘zbekiston bilan avtomobil qatnoviga oid shartnomani ratifikatsiya qildi

18:30 25 May 2018 Jamiyat
538 0
Illyustrativ foto

Tojikiston parlamenti deputatlari tomonidan O‘zbekiston bilan avtomobil qatnoviga oid shartnoma ratifikatsiya qilindi. Mazkur hujjat yuk va yo‘lovchi tashish tizimini soddalashtiradi, yuk va yo‘lovchilar sonini ko‘paytiradi, o‘zaro tranzit salohiyatini oshiradi.

Bundan tashqari, yangi infratuzilmalar yaratish imkonini beradi. Xususan, kompaniyalar Rossiya va Qozog‘istonga reyslarni amalga oshirish uchun avtomashinalar, jumladan, yuk va yo‘lovchi transporti vositalarini sotib olish olish imkoniga ega bo‘ladi.

Mazkur yo‘nalishlardan turistlar va mehnat muhojirlari ham foydalanishi mumkin.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?