“Uzbek Tigers” Butunjahon boks seriyasidan chiqarib yuborildi

18:42 03 May 2018 Sport
1507 0
Название

“Uzbek Tigers” uchun Butunjahon boks seriyasi joriy mavsumdagi bahslari yakunlandi. 
Bunga turnir formatiga o‘zgartirish kiritilgani sabab bo‘ldi. Unga ko‘ra, yarim final bellashuvlarida faqat o‘z guruhlarida birinchi o‘rinni olgan jamoalar ishtirok eta oladi. “Uzbek Tigers” jamoasi boks bo‘yicha Butunjahon boks seriyasi (WSB)ning sakkizinchi mavsumi guruh bosqichida ikkinchi o‘rinni egallagandi.
Shu tariqa kuchli sakkizlikka kirgan jamoalar uchun esa musobaqa yakunlandi. Bu haqda musobaqaning rasmiy sayti xabar tarqatdi. 

Ma’lumot o‘rnida aytib o‘tamiz, musobaqaning “British Lionhearts” (Buyuk Britaniya) — “Astana Arlans” (Qozog‘iston) hamda “France Fighting Roosters” (Fransiya) — “Domadores de Cuba” (Kuba) jamoalari yarim final bosqichida kurash olib boradilar.

Yarim finalning dastlabki janglar 18-19 may, javob bellashuvlari esa 25-26 may kunlari o‘tkaziladi.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?