O‘zbekistonlik o‘quvchilar xalqaro matematika musobaqasida eng ko‘p medalni qo‘lga kiritishdi

13:10 07 Iyul 2018 Jamiyat
597 0
Фото: Халқ таълими вазирлиги

Shu yilning 1-6 iyul kunlari Bolgariyaning Burgas shahrida o‘tkazilgan maktab o‘quvchilari o‘rtasidagi matematika bo‘yicha xalqaro musobaqada vakillarimiz 1 ta oltin, 2 ta kumush, 2 ta bronza medalni qo‘lga kiritishdi. Bu haqda Xalq ta’limi vazirligi matbuot xizmati xabar bermoqda.

Maktab o‘quvchilarining Xalqaro matematika musobaqasi (International Mathematics Competition) dunyoning iqtidorli o‘quvchilari uchun eng katta va muhim forum hisoblanadi. Har yili iyul oyida o‘tkaziladigan musobaqada dunyoning 30 ga yaqin mamlakatidan kelgan 600 nafardan ortiq iqtidorli o‘quvchilar o‘zaro bellashadilar.

Фото: Халқ таълими вазирлиги

Mazkur nufuzli musobaqada beshinchi marta ishtirok etgan O‘zbekiston terma jamoasi shu yili musobaqada ishtiroki tarixida ilk marotaba umumjamoa hisobida eng ko‘p medalni olishga muvaffaq bo‘ldi.

Buxoro viloyati Qorako‘l tumanidagi 1-IDUMning 8-sinf o‘quvchisi Doniyor Ismoilov oltin medalni qo‘lga kiritdi. Ushbu maktabning 7-sinf o‘quvchisi Rajabboyev Lazizbek va Peshko‘ tumanidagi 18-maktabning 9-sinf o‘quvchisi Norboyev Jahongir – kumush medal, Termiz shahridagi 4-ixtisoslashtirilgan maktab-internatning 7-sinf o‘quvchisi Bo‘riyev Iskandar, Uchtepa tumanidagi 4-maktabning 7-sinf o‘quvchisi Majidov Muhammadrizolar bronza medalga sazovor bo‘lishdi.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?