“O‘zavtosanoat” AJ rahbari o‘zgardi

09:07 27 Iyun 2018 Jamiyat
1206 0
Foto: «O'zavtosanoat»

“O‘zavtosanoat” kompaniyasi boshqaruvi raisi Umidjon Salimov egallab turgan lavozimidan ozod qilindi. Bu haqda “O‘zbekiston 24” telekanalining “Axborot 24” dasturi orqali xabar berildi.

Qayd qilinishicha, bu haqdagi qaror 26 iyun kuni prezident Shavkat Mirziyoyev raisligi ostida avtomobil sanoatida joriy yil uchun belgilangan ishlab chiqarish va eksport ko‘rsatkichlarini ta’minlash, tarmoqning rivojlanish istiqbollarini belgilash masalalariga bag‘ishlangan yig‘ilishda qabul qilindi.

Salimovning ishdan bo‘shatilishga faoliyatidagi kamchiliklar va sohadagi qoniqarsiz holat sabab bo‘lgan.

“O‘zavtosanoat”ga avval Bosh prokuratura tizimida faoliyat ko‘rsatgan Shavkat Umurzoqov rahbar etib tayinlangan.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?