"UzAvto Motors” Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasining qarori ustidan sudga shikoyat kiritdi

15:36 21 Sentyabr 2020 Jamiyat
491 0

"UzAvto Motors” AJ Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasining qarori ustidan Toshkent shahar maʼmuriy sudiga shikoyat kiritibdi, deya xabar bermoqda deputat Rasul Kusherboyev.

"Sud shu yilning 2-oktyabr kuni soat 10.00 da Toshkent shahar maʼmuriy sudi binosida boʻlib oʻtarkan. 

Sudda Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasidagi maxsus komissiyaning 

21/31-sonli ish boʻyicha 19.08.2020-yildagi qarorini haqiqiy emas, deb topish haqidagi shikoyat arizasi koʻrib chiqiladi. 

Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasidagi maxsus komissiyaning 

21/31-sonli ish boʻyicha 19.08.2020-yildagi qarorida "UzAvto Motors” AJdan yengil avtomobillar narxining asossiz oshirilgan qismini tushirish va ortiqcha olingan mablagʻni isteʼmolchilarga qaytarish vazifasi yuklatilgan edi. 

Koʻramiz sud bu ishni qanchalik mustaqil koʻrib chiqib, qonunlarga asosan qaror qabul qilar ekan. 

Shuncha qiyinchilik bilan xalq roziligi uchun boshni kundaga qoʻyib qilinayotgan ishdan hafsala pir boʻlmasinda ishqilib", deydi deputat.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?