UzAuto Motors yangi xashamat avtomobillari narxini eʼlon qildi

14:37 27 Dekabr 2019 Iqtisodiyot
983 0

Xabaringz bor, 25-dekabr kuni Toshkentda SUV segmentiga mansub Chevrolet Tahoe, Traverse, Trailblazer va Equinox yangi avtomobillarining taqdimoti boʻlib oʻtgan edi. Yangi modellar premium sinfga mansub avtomobillarining segmentini toʻldirdi.

Kompaniya xabariga koʻra, Trailblazer va Equinox avtomobillari uchun shartnoma tuzish UzAuto Motors dilerlik markazlarida bugundan boshlanadi. Tahoe va Traverse modellariga shartnomalarni faqat Nurafshon Autocentre (Toshkent viloyati) avtosalonidan olish mumkin.

UzAuto Motors mahsulotlari savdosi amaliyotidan maʼlumki, yurtimizdagi isteʼmolchilar biznes-sinfiga mansub avtomobillarni xarid qilayotganda toʻliq komplektasyani afzal koʻradi. Bunga dalil sifatida - Malibu Turbo 2.0 LTZ hamda Tracker LTZ avtomobillarini keltirish mumkin.Shularni inobatga olgan holda Chevrolet Tahoe, Traverse, Trailblazer va Equinox avtomobillari mahalliy bozorda faqat toʻliq komplektatsiyada taklif qilinadi.

"Oddiyroq komplektatsiyadagi avtomobilni xarid qilishni istaganlar dilerga buyurtma qoldirishi yoki info@uzautomotors.com yuborishi mumkin. Zarur miqdorda buyurtma yigʻilganidan soʻng kompaniya ushbu avtomobillarni xaridorlarga yetkazadi.

Avtomobil narxlari:

EQUINOX

Boshlangʻich narxi: 225 652 174 soʻmdan

Redline LT komplektatsiyasi: 303 478 261 soʻm

TRAILBLAZER

Boshlangʻich narxi: 264 347 826 soʻmdan

LTZ komplektatsiyasi: 346 086 957 soʻm

TRAVERSE

Boshlangʻich narxi: 404 173 913 soʻmdan

Premier komplektatsiyasi: 518 260 870 soʻm

TAHOE

Boshlangʻich narxi: 517 391 304 soʻmdan

Premier komplektatsiyasi: 691 304 348 soʻm

*Narxlar QQSsiz koʻrsatilgan" deyiladi xabarda.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?