UzAuto Motors toʻrtta yangi rusumdagi zamonaviy mashinalar ishlab chiqarishni yoʻlga qoʻydi (fotojamlanma)

20:46 25 Dekabr 2019 Iqtisodiyot
5523 0

“ UzAuto Motors ” kompaniyasi toʻrtta yangi rusumdagi zamonaviy mashinalar ishlab chiqarishni yoʻlga qoʻydi. Bugun ularning taqdimoti boʻlib oʻtdi. Ular biznes, uslub, qulaylik va universallikni mujassam qilgan.

Ilgʻor texnik parametrlar va oʻzgacha dizaynga ega boʻlgan ushbu Trailblazer, Equinox, Traverce va Tahoe modellari yurtimiz avtomobilsozlik sanoatining navbatdagi muvaffaqiyati, deyish mumkin.

Chevrolet Trailblazer

Texnologiya, dizayn, yuqori ishlovchanlik, xavfsizlik bularning hammasi Chevrolet Trailblazer haqida. Agar sizga sayohat va kundalik hayot uchun kuchli dvigatelli avtomobil kerak boʻlsa, u holda Trailblazer – ajoyib tanlov.

Dvigatelining hajmi 3,6 litr, 275 ot kuchi hamda toʻliq uzatma avtomobil egasiga oʻzi va oilasini toʻliq himoyalanganlik hissini beradi. Dvigatel 6 pogʻonali avtomat uzatma bilan jihozlangan, bu esa avtomobilning butun dinamikasini his qilish imkonini beradi — soatiga 100 km tezlik olishi 9,1 soniyani tashkil etadi. Aralash sikl uchun yoqilgʻi sarfi 100 km uchun 9,7 litrni tashkil qiladi.

Boshqaruvga qoʻshimcha tarzda audio tizim va kruiz nazorati bilan birga ushbu yoʻltanlamas qiyaliklardan pastga tushadigan yordamchi tizim, yomgʻir sezgich, bort kompyuteri, salonga kalitsiz kirish hamda Chevrolet MyLink taklif qiladi.

Trailblazer eng soʻnggi xavfsizlik tizimlari bilan jihozlangan. Oltita xavfsizlik yostigʻi bilan bir qatorda, u kunduzgi chiroqlar, elektronik barqarorlikni boshqarish, shinalar bosimi signallari hamda boshqa koʻp qulayliklarga ega.

Oʻzbekistonda avtomobil sakkiz rangda taqdim etiladi.

Chevrolet Traverse

Yangi Chevrolet Traverse avtomobilida har bir kilometrni siz va oilangiz uchun ahamiyatli qilish uchun hamma imkoniyat mavjud. 8 nafargacha yoʻlovchiga moʻljallangan oʻrindiqlar va biznes sinfidagi eng keng yukxona, haydash rejimi va toʻliq uzatmaning eng ilgʻor tizimini tanlash funksiyasi, bashang tashqi koʻrinish va ishlov berilgan salon – ushbu avtomobil har qanday vazifaga moslasha oladi. Bunga eng soʻnggi xavfsizlik texnologiyasini, shuningdek, sizning qulayligingiz uchun qoʻshimcha funksiyalarni qoʻshing va nima uchun Traverse sizning tanlovingizga loyiq ekanligini tushunasiz.

318 318 ot kuchiga ega Chevrolet Traverse dvigateli murosasiz ishlash imkonini beradi. Avtomobil 7,8 soniyada 100 km / soat tezlikka chiqadi.

Intellektual toʻliq boshqaruv tizimi sirpanchiq yoki qorli yoʻllarda avtomobilni boshqaruvini kuchaytiradi va old uzatmani tanlash qoʻshimcha yoqilgʻi tejashni taʼminlaydi. Bunga qoʻshimcha ravishda, siz oldingi yoki toʻliq uzatmaga harakat vaqtida ham oʻtishingiz mumkin.

Chevrolet Traverse oʻzgaruvchan elektr boshqaruvi tizimi va besh richagli mustaqil orqa osma bilan jihozlangan. Buning yordamida Traverse sizga yoʻlni yaxshiroq his qilish imkonini beradigan ishonchli boshqaruvni taʼminlaydi.

Oʻzbekistonda avtomobil besh xil rangda taqdim etiladi.

Chevrolet Tahoe

Chevrolet Tahoe – ushbu yoʻltanlamasga oʻzining afsonaviy maqomini isbotlashning hojati yoʻq. U oʻzida V8 dvigatelining mislsiz kuchini va keng interyerning birinchi darajali qulayligini ideal darajada mujassamlashtiradi.

Chevrolet Tahoe —bu puxta oʻylangan dizayn, qulay va shinam salon, innovatsion texnologiyalar, multimedia hamda xavfsizlikning eng yuqori darajasi.

Yuqori sifatli materiallar bilan bezatilgan salon, 8 dyuymli sensorli ekran bilan jihozlangan zamonaviy Chevrolet MyLink multimedia tizimi, yangilangan 6,2 litrli V8 EcoTec dvigateli, 426 ot kuchiga ega quvvat — cheksiz imkoniyatlar va texnik mukammallik mujassamligidir. Chevrolet Tahoe murosaga odatlanmaganlar uchun juda mos keladi.

Avtomobil 8 nafar yoʻlovchini sigʻdira oladi. Ikkinchi va uchinchi qatorlarning oʻrindiqlari yigʻilganda, bagaj xonasining hajmi 2680 litrgacha yetadi.

Yoʻlning barqarorligi gʻildirak bazasining uzunligi 2946 mm, yoʻlning yopiqligi — 200 mm boʻshliq bilan taʼminlanadi.

Dvigatel 6 pogʻonali avtomat uzatma bilan jihozlangan, bu esa avtomobilning butun dinamikasini his qilish imkonini beradi – u 6,8 soniyada 100 km tezlikka yetadi. 100 km uchun 9,7 litr yoqilgʻi sarf qiladi.

Avtomobil uchta rangda taqdim etiladi.

Chevrolet Equinox

Eng zamonaviy texnologiyalar, eng zamonaviy dvigatel, shassi va boshqaruv tizimi bilan jihozlangan Chevrolet Equinox avtomobilni boshqarishda har daqiqada zavqlanish imkoniyatini beradi. Yaxshi oʻylangan ergonomikaga ega ixcham, manevrli krossover, asosan shaharda foydalanish uchun moʻljallangan. Chevrolet Equinox egalari avtomobil xavfsizligining zamonaviy imkoniyatlarini, 9 bosqichli avtomat uzatma shahardan tashqarida foydalanishga ham imkon beradi.

Yoqilgʻi idishi hajmi 59 l, 2.0 Turbo dvigatelga ega va isteʼmoli aralash siklida 8,2 l/100 km tashkil qiladi. Avtomobilning tezlashish vaqti soatiga 7,8 s dan 100 km/s gacha.

Avtomobilning tashqi qismida, salonga kalitsiz kirish, panoramali lyuk, eshik va yukxona boʻlimining elektruzatmasi, svetodiodli orqa va old faralar. Isitiladigan va elektrbukiladigan oynalar.

Klassik holatda yukxona hajmi 670 litrni tashkil etadi va orqa oʻrindiqlar yigʻilganida haydovchi 1627 litrga teng yukxona sigʻimiga ega boʻladi.

Oʻzbekistonda avtomobil besh xil rangda taqdim etiladi.

Chevrolet Trailblazer, Chevrolet Traverse hamda Chevrolet Tahoe avtomobillarini sotish 2019-yilning 26-dekabridan boshlanadi, Chevrolet Equinox — 2020-yilning mart-aprel oylaridan savdoga chiqariladi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?