UzAuto Motors tejamkor turbodvigatelli, yangilangan va arzon Malibu modelini taqdim etadi

10:15 16 Avgust 2019 Jamiyat
87 0

UzAuto Motors kompaniyasi 1.5 l. Turbo dvigatelli yangilangan Malibu Facelift avtomobili savdosi boshlanayotganini maʼlum qiladi. Yangilangan, koʻpchilikning koʻnglidan joy olgan Malibu, Oʻzbekiston bozorida Malibu 2.5l. oʻrnini egallaydi hamda uning yangi texnologik va tejamkor (30 foiz) davomchisi boʻladi. Bu haqda kompaniya matbuot xizmati xabar berdi.

Malibu 1.5 l. Turbo – bu chiroyli va uygʻun tuzilgan sedan boʻlib, bejirim va aniq chizgilarga ega.

Olduzatmali avtomobil avvalgisidan 100 kilogramm yengil ekanligiga qaramay, uning uzunligiga taxminan 12 santimetr qoʻshgan. Bunday natijaga uning 1,5 litrli 160 ot kuchiga ega turbomotori sababli erishilgan.

Shuni qayd etish lozimki, mazkur modelning narxi avvalgisidan 5 million soʻmga arzon va u issiq iqlimli mamlakatlar uchun ayni muddao sanaladi. Yangilangan modelning ranglar palitrasi ham keng doirada taqdim etilgan. Darvoqe, ushbu model goʻzal ayollarimiz uchun ham juda mos keladi.

Shuningdek ayni damda yangilangan Facelift Malibu Turbo 2 l. avtomobilining ham savdosi yoʻlga qoʻyilgan. Ushbu modeldagi avtomobillarni yetkazib berish 2019-yilning sentyabr oyidan boshlanadi.

Xariorlarning Malibu avtomobiliga boʻlgan talabi kattaligini inobatga olgan holda UzAuto Motors Asaka banki, InfinBank va Oʻzavtosanoat-lizing bilan birgalikda avtomobilni bayramona aksiya shartlarida xarid qilishni taklif etadi.

Xaridorlarga shuni maʼlum qilamizki, hozirgi vaqtda Malibu 2.5l. avtomobili juda oz miqdorda chegaralangan ranglar palitrasida qolgan va ushbu model ishlab chiqarishdan toʻxtatilmoqda.

Kompaniya dilerlar bilan birgalikda Malibu2.5 l. avtomobili uchun shartnoma tuzgan mijozlar oldidagi majburiyatlarini toʻliq va oʻz vaqtida bajarilishini kafolatlaydi.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?