UzAuto Motors dileri Chirchiqda yonib ketgan Cobalt uchun salkam 100 mln toʻlashi kerak edi. Mashmasha hanuz davom etmoqda

Oʻzbekiston Isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari Federatsiyasi bundan olti oy muqaddam Chirchiq shahrida oʻz-oʻzidan yonib ketgan COBALT avtomashinasi xususida maʼlumot bergan va bir qancha saʼy-harakatlardan soʻng isteʼmolchiga javobgar “QIBRAY AVTO-MOTO SERVIS” MCHJ tomonidan 97.479.380 (toʻqson yetti million toʻrt yuz toʻqson yetti ming uch yuz sakson) soʻm miqdorda kompensatsiya undirilishi toʻgʻrisida sud qaroriga erishilgani xususida xabar bergan edik.
Buni qarangki, bu muammo shu bilan yakun topmadi. “QIBRAY AVTO-MOTO SERVIS” MCHJ rahbariyati ushbu qarordan norozi boʻlib Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudiga nazorat tartibida murojaat qilgan. 2019-yil 11-noyabr kuni Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi tomonidan “QIBRAY AVTO-MOTO SERVIS” MCHJ tomonidan nazorat tartibida berilgan shikoyat koʻrib chiqildi va quyidagicha ajrim qildi.
“Javobgar “QIBRAY AVTO-MOTO SERVIS” MCHJ rahbarining shikoyati boʻyicha sud hujjatini nazorat tartibida qayta koʻrish uchun asoslar mavjud emas deb topilsin.” Bundan tashqari “QIBRAY AVTO-MOTO SERVIS” MCHJ dan davlat daromadiga 3.899. 896 (Uch million sakkiz yuz toʻqson toʻqqiz ming sakkiz yuz toʻqson olti soʻm) davlat boji undirilishi ham sud qarorida keltirib oʻtildi.
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekistonda yana bir yangi yengil avtomobil ishlab chiqarish yoʻlga qoʻyildi. Narxi 270 mln. soʻmdan boshlanadi (FOTO)
- Erkinjon Turdimov: “Bugun biz xalqimizni tinglashni oʻrganishimiz kerak. Xalqimizning dardiga quloq tutishimiz kerak”
- Iqtisodiyot universiteti besh kunlik taʼlim tizimiga oʻtdi
- Mushtariylar uchun ajoyib yangilik!
- Fargʻonada benzinning narxi oʻn ming soʻmga chiqib ketdi. Savdo faqat naqd pulda amalga oshirilmoqda
- Bosh prokuratura Jahongir Ortiqxoʻjayev boʻyicha bayonot berdi
Muhokama qilingan
- Moliya vaziri: “Oldin AQSH dollarini 4000 soʻmdan ham ololmaganmiz, Oloy bozoridagi qora bozordan 8000-8500 ming soʻmdan olganmiz”
- Qoʻyliq bozoridagi yongʻin boʻyicha rasmiy maʼlumot berildi
- Oʻzbekiston va Rossiya Prezidentlari telefon orqali muloqot qildi
- Fargʻonadagi mahallada fuqarolar qurt bosgan suv isteʼmol qilmoqda
- 2 nafar IIV xodimi 500 dollar pora bilan qoʻlga tushdi
Afisha
Yuqoridagi suratda buning uchun nima qilish lozimligini tomosha qilishingiz mumkin.
02 Dekabr 2019
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring: