Angliya terma jamoasi muxlislari “O‘zbekiston havo yo‘llari” samolyotidan foydalandi

10:27 08 Iyul 2018 Jamiyat
1054 0
Foto: Wikimedia

“O‘zbekiston havo yo‘llari” MAK kecha, 7 iyul kuni London — Samara — London yo‘nalishida charter qatnovini amalga oshirdi. Bu haqdagi xabar kompaniya rasmiy saytida joylashtirilgan.

Kecha bo‘lib o‘tgan Angliya — Shvetsiya o‘yiniga Londondan 240 nafar muxlis o‘zbek samolyotida uchib kelgan. Ularning Londonga qaytishi ham “O‘zbekiston havo yo‘llari”ga qarashli “Boeing 767” samolyotida amalga oshirilgan.

6 iyul kuni bo‘lib o‘tgan Fransiya va Urugvay o‘rtasidagi o‘yinga muxlislarni yetkazish uchun ham aviakompaniya Sochi — Qozon yo‘nalishida charter qatnovini amalga oshirgandi.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?