UZ domenida ro‘yxatga olingan nomlar 60 mingdan oshdi

19:22 12 Iyun 2018 Jamiyat
1049 0

O‘zbekiston milliy domen hududi .uz hududida ro‘yxatdan o‘tkazilgan domenlar soni 60 mingdan oshdi. Bu haqda yuqori darajali milliy domen ma’muriyati “Xalq So‘zi”ga ma’lum qildi.

Qayd qilinishicha, ayni vaqtga kelib, faol domenlar soni 60 012tani tashkil qilmoqda.

Yil boshidan buyon bu borada o‘sish ko‘rsatkichi, 5,4 foizni tashkil qildi. 2018 yildan buyon jami 13 341 domen ro‘yxatdan o‘tkazilgan bo‘lsa, 5315ta nomlar muddati tugaganligi tufayli tizimdan o‘chirildi.

Eng ko‘p domenlar registratsiyasi SUVAN NET ro‘yxatdan o‘tkazuvchisi tomonidan o‘tkazilgan. Eslatib o‘tamiz, ma’lum muddat avval mazkur tashkilot istalgan harflar yordamida uch harfli domenlarni ommaviy ro‘yxatdan o‘tkazgani xabar qilingandi.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?