Mirzaobodda ijtimoiy himoyaga muhtoj xotin-qizlarga yangi uy-joylar topshirildi

16:08 08 Iyul 2018 Jamiyat
679 0
Foto: sirdaryo.uz

Sirdaryo viloyati Mirzaobod tumani Bog‘iston mahalla fuqarolar yig‘ini Yangiobod massivida ijtimoiy himoyaga muhtoj fuqarolar uchun namunaviy loyihalar asosida qurilgan arzonlashtirilgan uy-joylarni topshirish marosimi bo‘lib o‘tdi.

Sirdaryo viloyati hokimligi axborot xizmati tomonidan ma’lum qilinishicha, tadbirda 10 nafar kasanachi xotin-qizga yangi uylarning kalitlari topshirildi. Shuningdek, ehtiyojmand oilalarga 10 ta nogironlik aravachasi berildi.

Yangi uylar O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri o‘rinbosari, Xotin-qizlar qo‘mitasi raisi T. Narbayeva hamda viloyat hokimi G‘. Mirzayev tomonidan topshirildi.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?


Ko‘p o‘qilganlar

Afisha

“Hayot” filmi endi teleekranlarda. U bayram kunlari MTRK telekanallari orqali efirga uzatiladi

Osmonga koʻtarilayotgan harbiy vertolyotlar, qiruvchi samolyotlardan olingan tasvirlar, jang maydonidagi qonli muhoraba, oh-vohlar, baqir-chaqirlar... Askar snayperlik vintovkasining durbini orqali dushmanning peshonasini moʻljallamoqda. U aynan qayerga oʻq uzmoqchi ekanini ziyrak boʻlmagan tomoshabin ham darrov ilgʻashi tayin: durbinning moʻljal belgisi ekranda koʻz oʻngingizda turadi.

12 Yanvar 2019