Usmonov Oʻzbekistonga yana 5 million dollar xayriya qilmoqchi

14:46 23 Aprel 2020 Iqtisodiyot
449 0

Bosh vazir oʻrinbosari Jamshid Qoʻchqorov milliarder Alisher Usmonov Oʻzbekistonda koronavirusni oldini olish uchun yana bir bor xayriya qilmoqchi ekanini maʼlum qildi.

“Bizga 600 milliard soʻmlik xayriya mablagʻlari kelib tushdi. Xususan, Alisher Usmonovdan 20 million dollar ajratdi, bugun esa uning nomidan yana 5 million dollar kelib tushadi.

Bu mablagʻlar Zangiota tumanida qurilayotgan shifoxonani jihozlash uchun sarflanadi. Bundan tashqari, UzTex 1 million dollar ajratgan, Navoiydagi “Baxt tekstil“ korxonasi 500 ming dollar, Turkiyadagi “Tashkent Trade Centre” 200 ming dollar xayriya qilgan“, deydi u.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?