Useyn Bolt vaznsizlik sharoitida ham yugurish boʻyicha gʻolib boʻldi

17:47 13 Sentyabr 2018 Sport
391 0
Foto: Screenshot / “Xalq so‘zi”

Yugurish boʻyicha sakkiz karra Olimpiada chempioni, afsonaviy atlet Useyn Bolt maxsus samolyotda vaznsizlik sharoitida mashgʻulot oʻtkazdi. Sportchi bu haqda oʻzining Twitter sahifasida maʼlum qildi.

Shu asnoda u vaznsizlik sharoitida yugurish boʻyicha ikki nafar kosmonavt bilan musobaqalashdi va gʻalaba qozondi.

Maʼlumot uchun, joriy yil iyul oyi oxirida Bolt futbolchiga aylandi. U Avstraliya yuqori divizionida ishtirok etadigan “Sentral Kost Mariners” jamoasi tarkibiga borib qoʻshilgan.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?