USAID jurnalistlar uchun seminar-trening tashkil etmoqda

16:48 13 Sentyabr 2019 Jamiyat
170 0

USAIDning Oʻzbekistondagi sud-huquq islohoti boʻyicha dasturi doirasida Jurnalistlarni qayta tayyorlash markazi tomonidan jurnalistlar uchun tashkil etilgan seminar-trening mazmunli davom etmoqda.

Treningda 20 nafardan ortiq jurnalistlar guruhlarga boʻlingan holda axborot manbasi bilan ishlashga, sud-huquq mavzusini yoritishda jurnalistik imidjni yaratish, huquqiy mavzuda fakt-cheking bilan ishlash hamda tahliliy materiallar orqali sohada mavjud muammolar yechimiga jamoatchilik nazoratini qoʻllagan holda yechim topishga asosiy eʼtibor qaratildi.

Tadbirda sud hokimiyati sohasida erishilgan ijobiy natijalar bilan bir qatorda, hali hal etilishi lozim boʻlgan vazifalar, xususan fuqarolarning sud himoyasidan foydalanish huquqini yanada kuchaytirish lozimligi, bu borada sud-huquq idoralari va ommaviy axborot vositalari oʻrtasidagi hamkorlikni yanada mustahkamlash zarurligi taʼkidlandi.

— Seminar-treningda sud-huquq islohotlarining mazmun-mohiyati va amaliy natijalari, xususan sud idoralarining ommaviy axborot vositalari bilan hamkorlikda olib borayotgan ishlari tahlil etilib, oʻzaro tajriba almashildi. Bu jarayon bizning faoliyatimizda katta amaliy yordam beradi, — deydi, “Huquq va burch” jurnali muxbiri Hidoyat Joʻrayeva.

Tadbirda inson huquq va erkinliklarini himoya qilish, fuqarolarning dolzarb muammolarini hal etishda davlat, shu jumladan sud-huquq organlarining aholi bilan ochiq, toʻgʻridan-toʻgʻri muloqotini kuchaytirish, jamiyatda qonun ustuvorligini, mamlakatda tinchlik va osoyishtalik, millatlararo totuvlikning qaror topishi masalalarining OAVda keng yoritilish masalalari ham interaktiv usullar bilan muhokama qilindi.

Tadbir jarayoni jonli, interfaol va bahs-munozalar bilan davom etmoqda.

Jurnalistlar uchun “Orkestr”, “Aysbreker” yoki matbuot anjumani oʻyinlari sud huquq tizimini yoritishda qanchalik kerak?

Sud-huquq tizimida shaffoflikni taʼminlashda jurnalistlarning oʻrni qanday boʻlishi kerak? Ushbu sohada yoritilayotgan materiallarda nega quruq axborot yoki dramatizm kuchli? Fuqarolik jamiyatini shakllantirishda huquqiy jurnalistikani rivojlantirishning ahamiyati nechogʻlik?

Toshkentda “Oʻzbekistonda sud huquq tizimi islohoti: OAVda yoritish” mavzuidagi seminar treningda ushbu va boshqa savollar yuzasidan savollarga javob izlandi.

USAID hamda Oʻzbekiston jurnalistlarni qayta tayyorlash markazi tomonidan oʻtkazilgan seminarda respublika hamda viloyatlardagi ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdi.

Trenerlar Yo. Mamatova, B. Alimov Oʻzbekistonda sud huquq tizimi islohotining asosiy yoʻnalishlari, qonun ustuvorligi, sud hokimiyatining haqiqiy mustaqilligi va ochiqligini taʼminlash, fuqarolar huquqlarining ishonchli himoyalanishi kafolat boʻyicha dolzarb vazifalar, fuqarolik jamiyatini yanada rivojlantirishda huquqiy jurnalistikaning roli va vazifalari xususida nazariy bilim va interaktiv oʻyinlar orqali mashgʻulot oʻtishdi.

-Sud-huquq tizimi ommaviy axborot vositalari orqali yoritilayotgan boʻlsa-da, ammo ushbu materiallarning barchasi sifatli deb aytolmaymiz, - deydi Oʻzbekiston jurnalistlarni qayta tayyorlash markazi rahbari G.Bobojonova. - Sohada islohotlar olib borilayapti, ammo sudlar faoliyati qaysidir maʼnoda jurnalistlar uchun yopiqligicha qolayapti. Bu masalada jurnalistlarning huquqiy bilimi yetarli emasligi pand berayotganligi ham bor gap. Ushbu seminar davomida aynan shu maqsadni, yaʼni jurnalistlarning huquqiy sohadagi salohiyatini oshirish, bu borada ular bilishi lozim boʻlgan koʻnikmalarni shakllantirishni koʻzlaganmiz.

Jurnalistlar uchun “Orkestr” yoki “Aysbreker” yoki matbuot anjumani oʻyinlari sud huquq tizimini ochib berishda muhim ahamiyatga ega boʻldi.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?