Urush qatnashchisi: “Gʻalaba kunini uyda qarshi olayotganimdan xafa emasman. Muhimi, yurtimizda tinchlik boʻlsin!”

17:02 01 May 2020 Jamiyat
405 0

Zaynobiddin ota Qodirov urush qatnashchisi. U ilk bor 1942-yili Stalingrad ostonasidagi janglarda ishtirok etgan. Shundan soʻng Yevropani fashizmdan xalos etishda qatnashdi. Gʻalabani Berlinda nishonlagan.

— Bugungi holat ham urushdek gap, — deydi Zaynobiddin ota. — Yaxshiyamki, qurbonlar kam. Bu yilgi Gʻalaba kunini uyda karantin qoidalariga amal qilgan holda qarshi olayotganimdan xafa emasman. Muhimi, yurtimizdla tinchlik boʻlsin!

Jalaquduq tumanining Qoʻshchinor mahallasida istiqomat qiluvchi otaxon 95 yoshda. 7 farzand, 37 nabira, 20 chevara va 1 bir nafar evaralar ardogʻida yashamoqda. Otaxonning urush haqidagi hikoyalarini tinglar ekansiz, inson hayotidagi eng baxtiyor onlar tinchlikda, xotirjamlikda oʻtgan daqiqalar ekanligiga ishonch hosil qilasiz.

Shu oʻrinda aytish joizki, ikkinchi jahon urushiga Andijon viloyatidan 97,5 ming kishi safarbar etilgan boʻlib, ulardan 54 ming nafari uyiga qaytgan. Ularning ham 40,9 mingi nogiron ekanligini hisobga olsak, urush insoniyat boshiga ne kechmishlarni solganligiga amin boʻlamiz.

Saminjon HUSANOV,

“Xalq soʻzi”

Azamatjon TOSHMATOV olgan surat.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?