Urugvayga qarshi o‘yinda O‘zbekiston sharafini himoya qiladigan futbolchilar ro‘yxati e’lon qilindi

13:44 26 May 2018 Sport
464 0
Foto: www.the-uff.com

7 iyun kuni O‘zbekiston va Urugvay milliy terma jamoalari o‘rtasida o‘rtoqlik uchrashuv o‘tkaziladi. 
Murabbiylar shtabi mazkur uchrashuvda faqat milliy chempionatimizda to‘p suradigan futbolchilarni jalb etishga qaror qilishdi.
Shunday qilib, Jahon chempionati ishtirokchisi bo‘lgan Urugvayga qarshi bo‘ladigan o‘yinda quyidagi futbolchilarni maydonda ko‘rishimiz mumkin bo‘ladi.
Darvozabonlar - Botirali Ergashev (“Navbahor”), Ignatiy Nesterov («Lokomotiv»), Eldor Suyunov («Paxtakor»).

Himoyachilar - Rustamjon Ashurmatov, Akramjon Komilov (ikkalasi ham «Bunyodkor»dan), Islom To‘xtaxo‘jayev , Shuhrat Muhammadiyev (ikkalasi ham «Lokomotiv»dan), Dostonbek Tursunov (“Neftchi”), Sherzod A’zamov («Paxtakor»), Abbosjon Otaxonov («Metallurg»).

Yarim himoyachilar - Odiljon Hamrobekov, Azizjon G‘aniyev, Islom Kenjaboyev (uchalasi ham «Nasaf»dan), Xurshid G‘iyosov, Javlon Ibrohimov, Sardor Sobirxo‘jayev (uchalasi ham «Bunyodkor»dan), Jasur Yaxshiboyev, Jaloliddin Masharipov (ikkalasi ham «Paxtakor»dan), Azizbek Turg‘unboyev («Navbahor»), Javohir Siddiqov («Qo‘qon-1912»). 

Hujumchilar - San’at Shixov («Buxoro»), Zabihillo O‘rinboyev (“Metallurg”), Bobir Abdixoliqov («Nasaf»).

Ma’lumot o‘rnida aytib o‘tamiz, 19 may kuni Eronga qarshi safarda tashkil etilgan xalqaro o‘rtoqlik uchrashuvida yosh futbolchilarga imkoniyat berilgan edi. Garchi bahsda vakillarimiz 0:1 hiosbida imkoniyatni boy bergan bo‘lsalarda o‘z harakatlari bilan muxlislarda yomon taassurot qoldirishmagan edi.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?