O‘zbekistonda eng yuqori o‘rtacha ish haqi Toshkentda, eng kami esa — Namanganda

11:10 16 Iyul 2018 Iqtisodiyot
546 0

2018 yil yanvar—iyun oylarida O‘zbekistonda o‘rtacha oylik ish haqining eng yuqori miqdori Toshkent shahrida qayd etildi. Bu haqda Davlat statistika qo‘mitasi hisobotida ma’lum qilingan.

Poytaxtda shu davrda o‘rtacha oylik ish haqi miqdori 2 252,1 ming so‘mni tashkil etdi. Bu respublikadagi o‘rtacha oylik ish haqiga nisbatan 140 foizga ko‘p.

Navoiy viloyatida bu miqdor 2 153 ming so‘m (133,8 foiz), Toshkent viloyatida esa 1 768,5 ming so‘mga (109,9 foiz) teng bo‘ldi.

Bu ko‘rsatkich Namangan viloyatida 1 263,3 ming so‘mni (78,5 foiz), Samarqand viloyatida 1 273,6 ming so‘mni (79,2 foiz) tashkil etib, boshqa hududlarga nisbatan eng past ko‘rsatkich qayd etildi.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?