Urgutdagi Yaxton konini bilasizmi? (foto)

16:54 15 Iyul 2020 Welcome to uzbekistan
485 0

Urgut tumani Zarafshon togʻ tizmasining shimoliy yonbagʻri etagida, Samarqanddan 40 km masofada joylashgan boʻlib, bu yer oʻzining betakror chiroyi, togʻ manzarasi bilan hech kimni befarq qoldirmaydi. Tumanning ajib joylari oʻz sirlariga ega, ularning ulugʻvorligi oʻziga maftun qilib, koʻlamlari hayratga soladi, ularning sir-asrorlari esa toabad tagiga yetilmaganligicha qoladi.

Urgut tumanidagi gʻayrioddiy va sirli joylardan biri Urgut markazidan taxminan 6 km masofada joylashgan «Yaxton» konidir. Yaxton dastlab Yaxdon deb atalgan, yaʼni yax - muz (Fors) va don — biror-bir buyum saqlanadigan narsa. Volfram koni oʻz nomini eng yaqin buloqdan olgan boʻlib, shaxtaning chuqurligi 3,5 km ni tashkil etadi. U yerda butunlay boshqacha dunyoga tushib qolasiz - noodatiy, unutilmas va oʻrganilmagan dunyoga. Yaxton koni ajib goʻzallikka boy va mehmonlarga konchilarning mashaqqatli mehnati sharofati bilan yaratilgan ajoyib “sanʼat asarlari”ni namoyish etadi. Ushbu kondagi volfram trioksidi zaxirasi hajmi 20 ming tonnadan ortiq deb baholanadi.

Samarqand viloyati Urgut tumaniga tashrif buyurib, maroqli sayohatdan bahramand boʻlgan holda mahalliy diqqatga sazovor joylar va togʻ manzaralari goʻzalligidan zavqlanish imkoniyati paydo boʻladi.

A.Yoʻldoshev,
(Xalq soʻzi)

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?