Urgutdagi 27-maktabda mojaro keltirib chiqargan oʻqituvchiga ham, oʻquvchiga ham chora koʻriladi

16:45 17 Sentyabr 2019 Jamiyat
265 0

Ijtimoiy tarmoqlarda eʼlon qilingan Urgut tumanidagi 27-umumtaʼlim maktabining 7-sinf oʻquvchisi J.M hamda shu maktabningmatematika fani oʻqituvchisi Z.A. oʻrtasidagi hodisa boʻyicha Samarqand viloyati xalq taʼlimi boshqarmasi quyidagilarni maʼlum qiladi.

Mazkur holat joriy yilning 13-sentyabr kuni soat 16-25 lar atrofida, 7-“V” sinfida matematika darsi vaqtida sodir etilgan.

Oʻquvchi J.M. darsga eʼtibor qaratmay, sinfdoshlari bilan shoʻxlik qilgan hamda oʻqituvchiga gap qaytargan.

Matematika fani oʻqituvchisi Z.A. oʻquvchi J.M.ni oʻqituvchilar xonasiga olib borish vaqtida oʻquvchi qiz oʻqituvchiga gap qaytargan. Oʻqituvchi jahl ustida oʻquvchini urgan.

Bundan tashqari, ushbu maktabning matematika fani oʻqituvchisi M.O. yoʻlakdagi oʻqituvchi va oʻquvchi oʻrtasidagi nizoga aralashmasdan loqaydlik qilgan.

Mazkur holat boʻyicha, ikkala oʻqituvchiga nisbatan surishtiruv ishlari olib boriladi va Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligi doirasida chora koʻriladi.

Shu bilan birga, maktab rahbariyati pedagoglar bilan yigʻilish oʻtkazadi va bunday holat takrorlanmasligi uchuntushuntirish ishlarini olib boradi.

Darsga eʼtiborli boʻlmagani va dars jarayoniga xalaqit bergani, oʻqituvchiga gap qaytargani uchun oʻquvchi J.M.ga chora koʻrish maqsadida, mazkur holat Voyaga yetmaganlar ishlari boʻyicha idoralararo komissiya tomonidan koʻrib chiqiladi.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?