Urgutda yangi ekoturizm obyekti tashkil etilmoqda

14:38 01 Iyul 2020 Welcome to uzbekistan
323 0

Samarqand viloyatidagi ekoturizm obyektlari soni yana bittaga ortmoqda. Urgut tumanidagi Soʻfiyon mahallasida “Abdunabi maishiy servis” masʼuliyati cheklangan jamiyati tomonidan shunday majmua kompleksi loyihasini amalga oshirish ishlari boshlab yuborildi, - deb xabar bermoqda Samarqand viloyati turizmni rivojlantirish departamenti matbuot xizmati.

Ekoturizm maskani tashkil etiladigan hudud Urgut togʻlarining yuqori qismida joylashgan. Kompleks hududida dam olish, suzish, tabiatdan bahramand boʻlish uchun barcha sharoitlar yaratiladi. Loyihaning umumiy qiymati 16 milliard soʻmni tashkil qiladi. Ikki bosqichda amalga oshirilishi rejalashtirilgan loyihaning ilk bosqichi shu yilning uchinchi choragida ishga tushirilishi moʻljallangan.

Abdulaziz Yoʻldoshev,
“Xalq soʻzi”

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?