Urgutda eksportbop elektr jihozlar ishlab chiqarish yoʻlga qoʻyildi

19:50 11 Yanvar 2019 Iqtisodiyot
176 0

“Urgut” erkin iqtisodiy zonasida “Ideal Elektro lyuks” korxonasi ishga tushirildi. “Oʻzeltexsanoat” uyushmasi tarkibiga kiruvchi mazkur korxonada gaz va elektr plitalari, elektr duxovkalar ishlab chiqarish yoʻlga qoʻyildi.

Aytish joizki, “Ideal Elektro lyuks” korxonasi oʻz faoliyatini dastavval Samarqand shahrida boshlagan. Loyihaning dastlabki natijalari ishlab chiqarish tarmogʻini kengaytirishga turtki boʻldi. Pirovardida “Urgut” erkin iqtisodiy zonasida yuqori sifatli mahsulotlar tayyorlash va jahon bozoriga olib chiqishga ixtisoslashtirilgan ikkinchi quvvatga asos solindi.

Loyihaviy qiymati 2 million AQSH dollariga teng boʻlgan mazkur korxonada yiliga 60 ming dona elektr duxovka va gaz plitalari ishlab chiqarish quvvati mavjud. Mahsulotlarning 30 foizini eksportga yoʻnaltirish moʻljallanmoqda. Korxonada yaratilgan 120 ta ish oʻrniga esa, asosan, yosh mutaxassislar jalb etildi.

— Korxonamiz Turkiya hamda Xitoydan keltirilgan zamonaviy uskunalar bilan jihozlandi, — deydi korxona rahbari Sohib Aʼzimov. — Ular yordamida ishlab chiqarilayotgan mahsulotga hozirdanoq talab yuqori. Ichki ehtiyojni qondirish bilan birga, 2019 yil davomida 4 million AQSH dollarilik mahsulot eksport qilish niyatidamiz.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?


Ko‘p o‘qilganlar

Afisha

Matyoqub Matchonov: “Oltindek qimmatli, Humo qushi singari sarbaland...”

Xoʻsh, bu qanday anjuman oʻzi? Uni oʻtkazishdan koʻzlangan maqsad nima? Kelgusida mazkur kinotaqdimot kino olami va olam kinosi ichra oʻz oʻrnini topib keta oladimi yoki salaflari kabi yoʻqlikka yuz tutadimi (zakiy oʻquvchi nima demoqchi ekanimizni tushunganiga shubha yoʻq, albatta)?

23 Yanvar 2019