Urganchdagi forumda Sirdaryo viloyati bilan Qozogʻistonning ikki viloyati oʻrtasida memorandumlar imzolandi

17:12 26 Fevral 2020 Jamiyat
365 0

Urganch shahrida boʻlib oʻtgan Oʻzbekiston va Qozogʻiston II Hududlararo hamkorlik forumida qardosh mamlakatlarning yana ikkita salohiyatli mintaqalari oʻrtasida , yaʼni Turkiston viloyati hokimi U.Shukeyev va Sirdaryo viloyati hokimi Gʻ. Mirzayev, shuningdek, Qozogʻistonning Povlodar viloyati hokimi oʻrinbosari A.Batanov va Sirdaryo viloyati hokimi oʻrinbosari D.Madirimov tomonidan oʻzaro hamkorlikni yana-da kengaytirish boʻyicha memorandumlar imzolandi. Bulardan tashqari, mazkur forum doirasida qozogʻistonlik hamkorlar bilan 30 million dollardan ortiq hajmdagi eksport va investitsiya kelishuvlariga ham erishildi.

Shuningdek, mintaqalar ishbilarmon doiralari hamda yetakchi korxonalar vakillari bilan bir necha bor oʻtkazilgan uchrashuvlar iqtisodiy aloqalarni sezilarli ravishda faollashtirish va oʻzaro savdo hajmini oshirish imkonini yaratdi.

2018-yilda oʻtkazilgan I Xalqaro hamkorlik forumida Sirdaryo viloyati bilan Qozogʻistonning Oqmola viloyati oʻrtasida oʻzaro hamkorlik memorandumi imzolanib, oʻtgan davr mobaynida qariyb 20 million dollarlik eksport kelishuvlariga erishildi. Shuningdek, ayni chogʻda forum doirasida “Novopek” kompaniyasi bilan imzolangan kelishuv boʻyicha toʻgʻridan-toʻgʻri xorijiy investitsiya ishtirokidagi qiymati 5 million dollarlik eksportbop polipropilen tovarlar ishlab chiqarish loyihasini amalga oshirish ishlari boshlab yuborilgan.

Mintaqalararo hamkorlik memorandumi doirasida bugungi kungacha ham samarali iqtisodiy aloqalarni kengaytirish borasida ishlar davom ettirilib, Oqmola viloyatida hokimligi vakillari bilan Sirdaryo viloyatining “Togʻlar” nomli korxonasi vakillari uchrashib, yirik hajmda oziq-ovqat mahsulotlarini yetkazib berish hamda qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini saqlash quvvatlarini ishga tushirish boʻyicha kelishuvlarga erishildi.

Aytish lozimki, Muhtaram Prezidentimiz tashabbuslari bilan azim Urganch shahrida oʻtkazilgan Oʻzbekiston va Qozogʻiston II Hududlararo hamkorlik forumda erishilgan natijalarni mustahkamlash hamda yangi imkoniyatlardan toʻlaqonli foydalanish maqsadida Sirdaryo viloyatining yirik sanoat korxonalari, jumladan “Sirdaryo Universal oyna”, “Bek klaster”, “Sirdaryo mega lyuks”, “Guliston med texnika”, “Farm plast xolding”, “Reka Med farm” kabi koʻplab salohiyatli korxonalari vakillari ham ishtirok etdilar.

Maʼlumot uchun. 2019-yilda Sirdaryo viloyatining Qozogʻiston bilan tashqi savdo aylanmasi 110 million dollarni tashkil etib, xajmi jihatdan Xitoydan keyingi 2 oʻrinni egalladi. Viloyatda Qozogʻiston kapitali asosida 10 dan ortiq korxona faoliyat yuritmoqda. Mazkur korxonalar tomonidan bugungi kunda farmatsevtika, qurilish, oziq-ovqat va boshqa mahsulotlar ishlab chiqarilayotir.

Ahmadali ShERNAZAROV(“Xalq soʻzi”)

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?